Buscar apps

Haqqim — AI qarz daftari

uz.haqqim.app
Business Gratis Everyone Abrir en Google Play
1,000+
instalaciones · ≈1.1K
—
0 valoraciones
2026-11-17
primer lanzamiento
2026-11-18
última actualización

Descripción

Qarzni ovoz bilan ayting, AI o'zi yozadi va SMS eslatmani tayyorlaydi

Haqqim — kichik do'kon va rastalar uchun AI qarz daftari. Kim, qancha, qachongacha — bir gap bilan aytasiz, AI yordamchi yozuvni o'zi tuzadi. Kichik do'konda kuniga bir-ikki nasiya bo'ladi, lekin bir oyda ular qog'oz daftarga sig'may qoladi: kim qancha olgani chalkashadi, qisman to'lovlar hisobdan chiqib ketadi, «qancha qarzim bor?» degan savolga javob topish uzoq vaqt oladi. Haqqim shu hisobni o'zi yuritadi. Nimalar qila oladi: • Ovoz bilan yozish: «Ali 50 ming so'mlik mol oldi, 10 kunda beradi» deysiz — ism, summa va muddat tayyor bo'ladi. Saqlashdan oldin yozuvni ko'rib, tuzatasiz. • Mijozlar va qarzdorlar: kim nasiyaga nima oldi, qancha qarz bo'ldi, qanchasini qaytardi — har bir mijoz bo'yicha. • To'lovlar va muddatlar: qisman to'lov va bo'lib to'lash hisobga olinadi; muddati o'tgan va yaqinlashgan nasiyalar ro'yxat boshida ko'rinadi. • SMS eslatma: eslatma matnini sun'iy intellekt yozadi, siz tahrirlaysiz. SMS telefoningizning o'z xabarlar ilovasida ochiladi va siz bosganingizdagina ketadi. • Live AI suhbat: «Qancha qarzim bor?», «Kimning muddati o'tgan?» deb ovoz bilan so'raysiz. • Daftar suratini o'qish: eski qog'oz daftar sahifasini suratga olasiz, qatorlar ro'yxatga aylanadi. • Hisobot: Excel yoki PDF ko'rinishida yuklab olasiz. • Xodimlar va rollar: sotuvchi qarz yozadi va to'lov qabul qiladi, sozlamalar va hisobotlar egasida qoladi. • Yetkazib beruvchilarga qarzlarim: o'zingiz kimga qancha qarzdorligingiz ham alohida yuritiladi. • So'm va dollar alohida hisoblanadi. Maxfiylik: Ovozli yozuv faqat matnga aylantirish uchun yuboriladi va saqlanmaydi. Daftar surati ham saqlanmaydi. Daftarga faqat siz tasdiqlagan yozuvlar tushadi. Ilovada reklama yo'q. Kirish va tarif: Telefon raqamingiz va SMS kod orqali kirasiz. Avval bepul foydalanasiz, keyin yillik obuna kerak bo'ladi: to'lov ilova ichida karta orqali amalga oshiriladi, chekni yuklaysiz. Obuna tugasa ham ma'lumotingiz yo'qolmaydi — ko'rish rejimida qoladi. Ruxsatlar: mikrofon faqat ovoz bilan yozish va suhbat uchun so'raladi. Batafsil: haqqim.uz

Novedades

Ilova ishlashi yaxshilandi.

Detalles

Versión1.0.3
Versión mínima de Android7.0
Reseñas0
Sitio del desarrolladorhaqqim.uz
Disponible enen todo el mundo (197)
Contactos del desarrolladoren el plan Business
Datos recogidos2026-11-23

Posiciones en rankings

En 1 rankings de 1 países, mejor puesto: 17.

Uzbekistán · free#17 BUSINESS

Estos datos en la API

La ficha completa en JSON cuesta 1 token.

curl -H "X-API-Key: YOUR_KEY" \
  "https://apkapi.com/api/v1/app?id=uz.haqqim.app"