BizBalance — kichik biznesning kundalik hisobini yuritish uchun ilova. Mijozlar va hamkorlar, savdo operatsiyalari, qarzdorlik hamda to‘lovlarni telefoningizda tartibli saqlang.
Kompaniyalaringizni boshqaring
Bir hisobda bir nechta kompaniya yarating. Kompaniyani tanlaganingizda dashboard, mijozlar, operatsiyalar va hisobotlarda shu kompaniyaning ma’lumotlari ko‘rsatiladi.
Mijozlar va hamkorlar
Mijoz yoki yetkazib beruvchini qo‘shing, uning ma’lumotlarini yangilang, qoldig‘i va unga tegishli operatsiyalarni ko‘ring.
Savdo, xizmatlar va xarajatlar
Mahsulot sotish, xizmat ko‘rsatish, qarz va to‘lovlarni qayd eting. Mahsulot hamda xizmatlar ro‘yxatini yuriting, operatsiyaga mahsulotlarni biriktiring va qisman to‘lovlarni hisobga oling.
Qarzdorlik nazorati
Sizga to‘lanishi kerak bo‘lgan summalar va sizning hamkorlar oldidagi qarzlaringizni alohida ko‘ring. Qarz qaytarilganda tegishli to‘lovni yozib boring.
To‘lov kalendari
To‘lov muddati belgilangan operatsiyalarni kalendarda kuzating. Kerak bo‘lsa, to‘lov sanasini o‘zgartiring va muddati o‘tgan yozuvlarni tekshiring.
Kassa va hisobotlar
Kirim, chiqim va qoldiqni davr hamda to‘lov usuli bo‘yicha ko‘ring. Naqd, karta, bank va terminal orqali amalga oshirilgan to‘lovlarni hisobga oling. Kiritilgan yozuvlar asosidagi hisobotlar biznes holatini kuzatishga yordam beradi.
Bildirishnomalar va yordam
Tizim yaratgan bildirishnomalarni ilova ichida o‘qing. Foydalanish yo‘riqnomasi va maxfiylik siyosatini ilovaning o‘zida oching.
O‘zbekcha lotin, o‘zbekcha kirill, ruscha va inglizcha interfeys mavjud. Kirish telefon raqami, SMS tasdiqlash kodi va PIN orqali amalga oshiriladi. Accountni sozlamalarda tasdiqlash orqali o‘chirish mumkin.
Ilova bepul va reklamasiz. Serverdagi ma’lumotlar bilan ishlash uchun internet hamda ro‘yxatdan o‘tish uchun SMS qabul qila oladigan +998 raqam kerak. BizBalance kiritilgan operatsiyalarni hisobga oladi; bank hisobidan pul o‘tkazmaydi va kredit bermaydi.
Cloud Platforms MCHJ
Yordam:
[email protected]
Telefon: +998977332447