Qur’onni tajvid bilan o‘qing, internetsiz tinglang, yodlang va mustahkamlang
AT TARTIL — Qur’oni karimni tajvid bilan to‘g‘ri o‘qish, qori qiroatini tinglash, yodlash va yodlaganni unutmaslik uchun ilova. Madina mus’hafi, Jahongir qori Ne’matov qiroati (internetsiz ham), hifz, kunlik Qur’on odati va tajvid saboqlari — barchasi bitta ilovada.
Ilova nomi «وَرَتِّلِ ٱلْقُرْءَانَ تَرْتِيلًا» — «Qur’onni tartil bilan o‘qing» (Muzzammil surasi, 4-oyat) amridan olingan. Maqsadimiz — Qur’onni shoshilmay, har bir harfning haqqini berib o‘qishingizga ko‘mak berish.
MUS’HAF — BOSMA KITOBDAGIDEK
• Madina mus’hafining bir necha nashri: Usmoniy xat (15 qator), 1421 h. nashri, tajvid rangli nashr va Digital Khatt
• Tajvid ranglari va har bir rang qaysi qoidani bildirishi haqida izoh
• Kitob ko‘rinishi yoki «Qur’on matni» — oyatlar yirik yozuvda
• Qog‘oz rangi (oq, sepiya, yashil, tungi), yozuv o‘lchami; yotiq ekranda sahifa butun enga yoyiladi
• Sahifa, pora yoki oyatga sakrash; arabcha so‘z bo‘yicha oyat izlash; sajda oyatlari belgilangan
• «Shu yerda to‘xtadim» — keyingi safar aynan o‘sha oyatdan davom etasiz
• Oyatni eslatmalarga saqlash, nusxalash va ulashish
QIROAT — INTERNETSIZ HAM
• Har bir oyat Jahongir qori Ne’matov ovozida; o‘qilayotgan oyat mus’hafda ajratib ko‘rsatiladi
• Bir marta tinglangan oyat telefonda saqlanadi va keyin internetsiz ijro etiladi
• Tezlik 0.5× dan 2× gacha, oyatni cheksiz takrorlash, ±15 soniya
• Ekran o‘chganda ham davom etadi; Bluetooth, AirPlay va mashina uchun «Mashina rejimi»
YODLASH VA MUROJA’A
• Takrorlab tinglash: oyatlar oralig‘ini (bir necha sura ham) va necha marta takrorlanishini tanlang — qori o‘qiydi, siz ortidan aytasiz
• Muroja’a: yodlagan oyatlaringizni ilova 1, 3, 7, 16 va 35 kun o‘tgach takrorlashga o‘zi chaqiradi
• Qori bilan yoki yoddan o‘qish; ustoz rejimida xato o‘qilgan oyat belgilanadi
• Xatolar daftari, hifz xaritasi (pora va suralar bo‘yicha) va bosqichlar: Fotihadan butun Qur’ongacha
ISTIQOMAT — HAR KUNI QUR’ON BILAN
«Allohga eng sevimli amal — oz bo‘lsa ham, doimiy bo‘lganidir» (Buxoriy va Muslim rivoyati).
• Kunlik maqsadni o‘zingiz tanlaysiz: tinglash, o‘qish, dars yoki hifz — bajarilganini ilova o‘zi sanaydi
• Uzluksiz kunlar, kalendar, uzrli kun, qazo va tanaffus; haftalik rejim
• 7, 30, 40, 100 kun va yillik marralar, kunlik eslatma
UYQUDAN OLDIN TINGLASH
• Mulk, Yosin, Baqara oxiri, Ixlos·Falaq·Nos yoki istalgan sura va pora
• Taymer (10–240 daqiqa yoki sura oxirida), oxirida ovoz asta pasayadi, ekran o‘zi qorayadi
• Ertasi kuni to‘xtagan joyingizdan davom etasiz
TAJVIDNI VA HARFLARNI O‘RGANISH
• Tajvid saboqlari: nazariy darslar, ustoz video darslari va testlar
• Harflar va maxrajlar: 28 arab harfi talaffuzi va chiqish joyi — Qur’on o‘qishni noldan boshlovchilar uchun
• Alif-yo video darslari, 114 suraning video qiroati (30 pora)
• «Tezkor savol» — bildirishnomada tajvid savoli va ustozning video izohi
TASBEH — BEPUL
Namozdan keyingi tasbehlar, zikrlar, salovatlar va o‘z sanoqlaringiz. Internetsiz ishlaydi.
QULAYLIKLAR
• 12 tilda interfeys: o‘zbek (lotin va kirill), rus, ingliz, arab, turk va boshqalar
• Tungi rejim — tajvid ranglari tunda ham aniq
• Har bo‘limda «?» — ilova tilidagi qo‘llanma
• Telefon va planshetda; Mac va Windows uchun ham bor
• O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining 6752-sonli xulosasi asosida tayyorlangan
OBUNA — HALOL VA SODDA
Yuklab olish bepul. Ro‘yxatdan o‘tganda 7 kun barcha imkoniyatlar ochiq. Tasbeh, video darslar va 30 pora video tilovati obunasiz ham ishlaydi; mus’haf, qiroat, takrorlash, Muroja’a, Istiqomat, Uyqudan oldin tinglash, nazariy darslar va testlar PRO bilan ochiladi.
To‘lov ilova ichida — Payme, Click yoki bank kartasi. Obuna avtomatik yechib olinmaydi. PRO hisobingizga bog‘langan va barcha qurilmalaringizda ishlaydi. PRO’ni yaqinlaringizga hadya qilishingiz mumkin.
Eslatma: tajvid ranglari qoidani ko‘rishga yordam beradi, ammo ustozdan o‘rganish o‘rnini bosmaydi.
Qur’on bilan har kuni oz bo‘lsa ham vaqt o‘tkazing — AT TARTIL bu yo‘lda sizga hamroh bo‘lsin.
Novedades
AT TARTIL 5.1:
• Muroja’a: yodlangan suralarni aqlli takrorlash, xatolar daftari
• Istiqomat: kunlik Qur’on odati, seriya va marralar
• Uyqudan oldin tinglash: taymer, ovoz asta pasayadi
• Bir nechta surani ketma-ket takrorlash
• Yotiq ekranda mus’haf, «Avto» qog‘oz
• Videoda ikki marta bosib ±15 soniya
• Har bo‘limda «?» — qo‘llanma
• Barqarorlik va xavfsizlik yaxshilandi