Buscar apps

Boylik Va Qashshoqlik

com.sadirboyprogrammer.boylikvaqashshoqlik
Business Gratis Contiene anuncios Everyone Abrir en Google Play
10,000+
instalaciones · ≈41K
—
0 valoraciones
2022-08-18
primer lanzamiento
2026-10-09
última actualización

Descripción

Ushbu dasturda boylik va qashshoqlik haqida bilib olasiz.

Qoʻlingizdagi kitobchada boylikka erishishning fundamental qonuniyatlari, hamda boy bolish usullari haqida gap yuritiladi. Bu ajoyib qonuniyatlar va tushunchalar qoʻhna Xitoyda pul tushunchasi paydo boʻlgandan beri muttasil amal qilib kelmoqda. Bu qonunlarni bilasizmi, yoqmi – bu sizdan boshqa insonlar uchun ahamiyatli emas. Ular xuddi fizika yoki kimyo fani qonunlari kabi muqarrar va mavjud qonuniyatlar. Biz ushbu kitobchada “boylik”, “pul”, “badavlat” kabi atamalarni koʻp ishlatamiz. Balki bu amal baʼzilarga unchalik maʼqul kelmasdan, qandaydir moddiyat olamiga oʻziga xos daʼvat boʻlib tushunilishi mumkin. Shuning uchun ham oʻquvchilarga ushbu kitobchani taqdim etishdan koʻzda tutilgan asosiy maqsadimizni qisqacha boʻlsa ham aytib oʻtmoqchimiz: biz oʻz kelajagimizni va ona vatanimizni chindan ham buyuk va farovon xolda koʻrishni istaymiz. Bizning farzandlarimiz yanada bilimli, dono va hech kimdan xech qachon kam boʻlmasligini istaymiz. Undan tashqari, biz yoshlarimizning pul topish uchun ertadan kechgacha boshqalarga, yirtqich kapitalistlarga va boshqa davlatlarga ishlab berishini emas, iloji boricha oson va qulay yoʻllar bilan oʻz vatanlarida moddiy mustaqillikka erishib, qolgan vaqtlarini oʻz aqliy va jismoniy qobiliyatlarini takomillashtirish va maʼnaviyatlarini boyitishga, ona Vatanni rivojlantirishga sarflashlarini xohlaymiz. Qoʻllanmada bir qancha amaliy maslahatlar, koʻrsatma va maʼlumotlar beriladiki, ularning yordamida bu sehrli olamni yanada mukammalroq tushunib olish mumkin. Ushbu kitobchani yozishdan asosiy maqsad – boshqa mualliflar yozgan kitob va risolalardan unumli foydalangan holda halqimizning biznes va tadbirkorlik boʻyicha bilim darajasini oshirish hamda biznez osti falsafiy qarashlarni ommalashtirishdir. Agarda biror bir muallif bu yerda yoritilgan masala va muammolarni oʻziga tegishli deb bilsa, buni albatta tan olamiz va shuni aniq- ravshan qilib aytamizki, biz bu yerdagi gʻoya va fikrlarga mualliflik daʼvo qilishdan hamda shuning natijasida qandaydir mablagʻ ishlab olishdan yiroqdamiz – ezgu vazifamiz va maqsadimiz birgina: halqimizga biznes va tadbirkorlik yuzasidan ayni «Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili» da kerakli boʻlgan madaniy-maʼrifiy maʼlumotlar berishdir holos. Demak, agarda mamlakatimiz rivojlanishini hohlasangiz, boy-badavlat yashashni istasangiz va barcha sizga havas bilan boqishini orzu qilsangiz – bu kitob huddi siz va sizga oʻxshaganlar uchun!

Detalles

Versión1.1.18
Versión mínima de Android7.0
Reseñas0
Sitio del desarrolladorgithub.io
Disponible enen todo el mundo (242)
Contactos del desarrolladoren el plan Business
Datos recogidos2026-11-14

Estos datos en la API

La ficha completa en JSON cuesta 1 token.

curl -H "X-API-Key: YOUR_KEY" \
  "https://apkapi.com/api/v1/app?id=com.sadirboyprogrammer.boylikvaqashshoqlik"