Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) mo‘jizalari MP3: 83 ta audio hikoya.
Mo‘jizalar MP3 — Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning mo‘jizalari haqidagi 83 ta audio hikoya bitta ilovada. Jami 3 soatdan ortiq tinglash, internet umuman kerak emas.
Barcha audiolar ilovaning o‘zida saqlanadi: trafik sarflanmaydi, yuklab olishni kutish yo‘q. Ilovani bir marta o‘rnating va yo‘lda, uyda, ishda yoki safarda — istalgan joyda tinglang.
📖 TO‘PLAMDA NIMALAR BOR
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) hayotlaridagi mashhur mo‘jizalar haqida qisqa va tushunarli hikoyalar, jumladan:
• Isro va Me’roj mo‘jizasi
• Oyning yorilishi
• Makkada turib Baytul Maqdisning ko‘z oldilarida gavdalanishi
• Quraysh karvoni haqida xabar berishlari
• Duodan so‘ng yomg‘ir yog‘ishi va to‘xtashi
• Suroqa otining oyoqlari yerga botishi
• Kofirlarning g‘or oldida to‘xtab qolishlari
• Daraxtlarning Nabiy (s.a.v.) huzurlariga kelishi va guvohlik berishi
• Daraxt tanasining ingrashi
• Ummu Ma’badning qo‘yi suti serob bo‘lishi
• 440 kishi tanovul qilgan, ammo kamaymagan xurmo
va yana ko‘plab boshqa mo‘jizalar.
🎧 QULAY PLEYER
• Oxirgi tinglangan audio va joy eslab qolinadi — ilovani ochganingizda shu yerdan davom etasiz
• Fon rejimida va ekran o‘chiq holda tinglash, bildirishnomadan boshqarish
• Tezlikni o‘zgartirish (0.5x — 2x), 10 soniya oldinga va orqaga
• Takrorlash va aralash tartibda tinglash
• Uyqu taymeri: 15–60 daqiqa yoki “shu audio tugagach”
• Ekvalayzer: tayyor sozlamalar va 5 polosali shaxsiy sozlama
❤️ SIZ UCHUN
• Sevimlilar ro‘yxati — yoqqan hikoyalarni bir bosishda saqlang
• Nom bo‘yicha qidiruv
• Statistika: tinglangan vaqt, kunlik maqsad va ketma-ket kunlar seriyasi, yutuqlar
• Lotin, yangi lotin va kirill yozuvi
• Tungi rejim — kechasi ko‘zni charchatmaydi
👨👩👧 KIMLAR UCHUN
Ilova Payg‘ambarimiz (s.a.v.) siyratiga qiziqqan har bir kishi uchun: oila davrasida birga tinglash, farzandlarga mo‘jizalar haqida so‘zlab berish, yo‘lda yoki uyqudan oldin foydali vaqt o‘tkazish uchun.
Мўъжизалар — Пайғамбаримиз Муҳаммад (с.а.в.) мўъжизалари ҳақида 83 та аудио ҳикоя. Интернетсиз тингланг, иловада кирилл ёзуви ҳам бор.
Audiolar manbasi: hidoyat.uz
Co je nového
Birinchi versiya: Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) mo‘jizalari haqida 83 ta audio hikoya. Internetsiz, fon rejimida tinglang.