Milliy Sertifikat, SAT va DTM mock va tushgan testlar. Real imtihon formatida.
Grant ballini yig'ish og'ir kitoblardan emas, kunlik mashqdan boshlanadi. TestTop — abituriyentlar uchun DTM, Milliy Sertifikat va SAT imtihonlariga tayyorgarlik. Siz istagan testlar va mock imtihonlarni tez topib yechish uchun yagona ilova.
🎓 MILLIY SERTIFIKAT — MATEMATIKA
Milliy sertifikat imtihoni — matematika bo'yicha to'liq tayyorgarlik:
• O'tgan yillarda tushgan haqiqiy imtihon savollari
• Mavzular bo'yicha sertifikat mashqlari — algebra va geometriya, 10 000 dan ortiq savol
• To'liq sertifikat sinovlari — real imtihon vaqti va formatida
• Har bir xatoning izohi bilan tahlili
📚 DTM TESTLARI — MAJBURIY FANLAR
DTM majburiy fanlari bo'yicha testlar:
• Ona tili testlari
• Matematika — majburiy blok testlari
• O'zbekiston tarixi va jahon tarixi testlari
• Haqiqiy tushgan testlar va mock testlar
📚 DTM — ASOSIY FANLAR
Asosiy fanlar bo'yicha DTM testlarini yeching:
• Matematika
• Ingliz tili bloki
• Fizika
Barcha abituriyent testlari DTM uslubida tuzilgan: haqiqiy savollar va vaqt cheklovi bilan, real imtihon formatida.
🎯 SAT — DIGITAL SAT
SAT imtihoni uchun tayyorgarlik:
• College Board / Digital SAT formatidagi to'liq mock testlar
• Math bo'yicha mashq savollari
• Reading & Writing bo'yicha mashq savollari
• Jami 3 000+ SAT mashq savollari
• Vaqt bilan ishlash va natijani tahlil qilish
⏳ MASHQ VA MOCK REJIMLARI
Ikki xil rejimda tayyorlaning:
• Mashq rejimi — vaqt cheklovisiz, izohlar bilan o'rganing
• Mock rejimi — real imtihon vaqti va bosimi ostida test yeching
📊 NATIJALAR VA XATOLAR TAHLILI
Har bir testdan so'ng:
• Natijangizni darhol ko'ring
• Bo'limlar bo'yicha kuchli va zaif mavzularingizni aniqlang
• To'g'ri va noto'g'ri javoblarni tekshiring
• To'g'ri javoblar va izohlar bilan har bir xatoni tahlil qiling
🔥 KUNLIK MASHQ
Tayyorgarlikni odatga aylantiring. Kunlik mashq seriyasi bilan har kuni 10 ta masala yeching va seriyangizni uzmang.
🎁 DO'STINGIZNI TAKLIF QILING — IKKALANGIZGA HAM BEPUL PRO
Kodingizni do'stingizga bering — ikkalangiz ham 3 kun bepul PRO olasiz.
Bepul sinov testlaridan boshlang. Barcha mavzular va mock testlar PRO obunasi orqali ochiladi.
✨ TESTTOP AFZALLIKLARI
• Matematika formulalari aniq va chiroyli ko'rinishda — xira PDF suratlar emas
• Sodda va chalg'itmaydigan interfeys, reklamasiz
• DTM, Milliy Sertifikat va SAT testlari — bitta ilovada
DTMga tayyorlanasizmi, Milliy Sertifikat matematika imtihoniga tayyorlanasizmi yoki SAT topshirasizmi — TestTop orqali muntazam mashq qiling, natijangizni kuzating va grant ballingiz sari har kuni yaqinlashing. Grantli talaba bo'lishni bugun boshlang: birinchi testni bepul yeching.
ДТМга тайёргарлик: мажбурий фанлар, она тили, математика, тарих, инглиз тили ва миллий сертификат тестлари — барчаси TestTop да.
TestTop — mustaqil ta'lim ilovasi. U hech qanday davlat tashkilotiga taalluqli emas va davlat organlari nomidan ish ko'rmaydi. Imtihonlar, qabul va grant qoidalari haqidagi rasmiy ma'lumot manbai — O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi: https://gov.uz/oz/edu
SAT® — College Board® ning ro'yxatdan o'tgan tovar belgisi. College Board TestTop bilan hamkorlik qilmaydi va ushbu ilovani tasdiqlamaydi.