Yelkan-AK xodimlari uchun ERP: vazifalar, davomad, ombor va hisobotlar
Yelkan-AK — Yelkan-AK kompaniyasi xodimlari uchun korporativ ERP tizimining rasmiy mobil ilovasi. Ilova yordamida xodimlar ish joyida yoki undan tashqarida turib, smartfon va planshetdan tizimning barcha kerakli bo'limlariga tezkor kirishadi.
SHAXSIY KABINET
• Vazifalarim — sizga biriktirilgan ishlab chiqarish vazifalari, retsept (kiruvchi mahsulotlar) bilan; bir bosishda "Bajarildi" deb belgilash
• Bajarilganlar — bajarilgan ishlar tarixi, yaroqli va brak miqdori, sifat ko'rsatkichi, tasdiqlash holati
• Davomad — oylik kalendar: kelgan, kech qolgan va kelmagan kunlar
• Ish haqi — shaxsiy ish haqi hisoboti
• Bosh sahifa — kunlik, haftalik va oylik natijalar hamda ish soatlari bir qarashda
OMBOR VA ISHLAB CHIQARISH
• Xomashyo ombori (sklad): kirim, chiqim, mahsulot tarixi
• Yarim tayyor va tayyor mahsulotlar omborlari
• Xarid buyurtmalari va yetkazib beruvchilar
• Ishchilarga mahsulot berish, dastgohlar holati
• Vazifa shablonlari va xodimlarga vazifa biriktirish
SAVDO VA MIJOZLAR
• Mijozlar bazasi
• Sotuvlar
• Buyurtmalar: yangi, jarayondagi va bajarilgan
XODIMLAR VA HISOBOTLAR
• Xodimlar, bo'limlar va rollar
• Davomad jurnali
• Ombor, mahsulot, xodimlar, yarim tayyor va tayyor mahsulot hisobotlari
• Ish haqi hisoboti (administratorlar uchun)
QULAYLIKLAR
• Uch til: o'zbekcha (lotin), ўзбекча (кирилл) va русский
• Smartfon va planshetlarga moslashgan interfeys
• Ma'lumotlar xavfsiz HTTPS ulanish orqali uzatiladi, kirish tokeni qurilmada shifrlangan holda saqlanadi
• Reklama yo'q
Muhim: ilova faqat Yelkan-AK kompaniyasi xodimlari uchun mo'ljallangan.