Tumaningizdagi do'kon, kafe, taksi, usta va navbat — hammasi bitta ilovada
Tuman Hub — O'zbekistonning har bir tumani va qishlog'i uchun mahalliy xizmatlar ilovasi. Tumaningizni tanlang — o'sha yerdagi do'kon, kafe, taksi, usta va salonlar bitta joyda.
🛍 Do'kon va kafe
Tumandagi do'kon va kafelardan buyurtma bering — uyingizgacha yetkazib beriladi yoki o'zingiz olib ketasiz. Yetkazish narxi manzilingizga qarab oldindan ko'rinadi. Buyurtma holati real vaqtda yangilanadi.
🚕 Taksi
Qayerdan va qayerga — yozing, tumandagi bo'sh haydovchi chaqiruvni oladi. Narx oldindan ko'rinadi: chaqirish + har km, savdolashish yo'q.
💇 Salon va sartaroshga onlayn yozilish
Go'zallik saloni, sartarosh, davlat xizmatlari va bankka navbatni oldindan oling — bo'sh vaqtlar ko'rinadi, eslatma keladi.
🔧 Usta chaqirish
Santexnik, elektrik, payvandchi, quruvchi, konditsioner ustasi — muammoni yozing va rasmini yuboring, tumandagi usta keladi.
🚐 Qatnov
Qishloq va tuman markazi orasidagi reyslar, joy band qilish.
📢 E'lonlar
Avto, telefon, uy-ro'zg'or, chorva, hosil — tumaningizda sotish va sotib olish.
🏗 Qurilish va dehqonchilik
Texnika ijarasi (ekskavator, avtokran, samosval), qurilish mollari, urug' va o'g'it.
💼 Biznesingizni qo'shing
Do'kon, kafe, salon egasi, taksi haydovchisi yoki usta bo'lsangiz — ilova ichidan ariza bering. Buyurtma va yozilishlar to'g'ridan-to'g'ri sizga keladi, statistikani kabinetingizda ko'rasiz. Birinchi oy bepul.
🤖 Sun'iy intellekt yordamchisi
Nima kerakligini oddiy so'z bilan yozing — ilova mos do'kon, usta yoki joyni topib beradi.
Kirish Telegram orqali — parol ham, SMS ham kerak emas. Xabarlar Telegram va bildirishnoma orqali keladi. Ilova o'zbek (lotin va kirill) va rus tillarida.
English: Tuman Hub connects every district of Uzbekistan — local stores, cafes, taxi, craftsmen and salons in one app.
What's new
• Stops along the way: add up to 2 intermediate addresses — the price is calculated upfront
• Change the destination during a ride — the new price is shown immediately and the driver is notified
• Notifications when the driver accepts, arrives and starts the ride
• Drivers: rate the rider, optional "Always visible" setting, location keeps updating while parked
• Minor fixes