App search

Pravachi: AvtoTest, YHQ

uz.sheronov.avtotest
50,000+
installs · ≈78K
★ 5.00
1 726 ratings
2025-07-01
first release
2026-11-19
last update

Description

Prava imtihoniga tayyorgarlik: YHQ shablonlari, izohlar va imtihon simulyatori

Pravachi (AvtoTest) — haydovchilik guvohnomasi (prava) nazariy imtihoniga tayyorlanish uchun ilova. YHQ shablonlarini yeching, har bir javobning qoidaga asoslangan izohini oʻqing va imtihondagi sharoitda oʻzingizni sinab koʻring. Yodlab emas, tushunib oʻrganing Notoʻgʻri javob bersangiz, ilova toʻgʻri javobni va uning qaysi qoidaga asoslanganini koʻrsatadi. Shunda savolning oʻzini emas, qoidani eslab qolasiz — imtihonda soʻzlari boshqacha savol tushsa ham. Biletlar (shablonlar) • YHQ imtihoni savollari 20 tadan biletlarga ajratilgan • Har bir bilet boʻyicha natija va oʻrganish jarayoni koʻrinib turadi • Keyingi qaysi biletni yechish kerakligini bosh sahifa koʻrsatadi • Savollar va qoidalar ilovani yangilamasdan ham yangilanib boradi Haqiqiy imtihon rejimi • 20 savol, 25 daqiqa, uchinchi xatoda toʻxtaydi — imtihondagi kabi • Natija va xatolar tahlili darhol chiqadi • Urinishlaringiz tarixda saqlanadi: oʻtdingizmi yoki yoʻq, qaysi savolda adashdingiz • Hisobga kirsangiz, imtihonga tayyorgarlik foizi va imtihondan oʻtish ehtimolini koʻrasiz Yoʻl harakati qoidalari doim yoningizda • YHQ toʻliq matni, boblarga ajratilgan • Yoʻl belgilari tavsifi bilan, yoʻl chiziqlari • Tezlik chegaralari, transport vositalaridagi taniqlik belgilari, xavfli yuk belgilari • Haydovchi yonida boʻlishi shart boʻlgan hujjatlar Qulay foydalanish • Reklama yoʻq • Rasmlarni bir marta yuklab olgach, internetsiz ham ishlaydi • Oʻzbekcha (lotin va kirill) va ruscha • Qorongʻi rejim va shrift oʻlchamini sozlash • Google yoki Telegram orqali kirsangiz, natijalar hisobingizda saqlanadi: boshqa telefonda yoki pravachi.uz saytida davom ettirasiz Premium Asosiy imkoniyatlar — biletlar, izohlar, haqiqiy imtihon rejimi, qoidalar va tarix — Premiumsiz ishlaydi. Premium qoʻshimcha mashq va tahlil beradi: • Boʻlimlar boʻyicha natija va eng qiyin mavzular • 30 kunlik oʻsish grafigi va har bir savol boʻyicha aniqlik • Xatolaringiz, saqlangan savollar va alohida mavzular boʻyicha mashq Muhim Pravachi davlat tashkiloti tomonidan ishlab chiqilmagan va rasmiy davlat xizmati emas. Yoʻl harakati qoidalari matni ochiq rasmiy manbadan olingan: https://lex.uz. Savollardagi izohlar ham shu manbaga asoslanib yozilgan.

What's new

🚗 AMALIY IMTIHON — YANGI • Interaktiv avtodrom xaritasi: mashqni bosing — qanday bajariladi, har bir xato necha ball • 12 mashq batafsil, normativ hujjatlarga havola bilan • Imtihonni joyida yiqitadigan 9 xato — borishdan oldin biling ⚔️ BELLASHUV — YANGI • Raqib bilan bir xil 10 savol, har biriga 25 soniya • Doʻstingizni havola orqali chaqiring; reyting va ligalar 📖 QOIDALAR • Svetoforlar jamlanmasi, birinchi tibbiy yordam va boshqa yangi mavzular

Rating distribution

5★1.7K
4★0
3★0
2★0
1★0

Details

Version2.4.0
Minimum Android version7.0
Reviews2
Available inworldwide (242)
Developer contactson the Business plan
Collected2026-11-23

Chart positions

In 1 charts across 1 countries, best position #54.

Uzbekistan · free#54 EDUCATION

This data in the API

The full record in JSON costs 1 token.

curl -H "X-API-Key: YOUR_KEY" \
  "https://apkapi.com/api/v1/app?id=uz.sheronov.avtotest"