App search

Qazo namozlari

uz.muallimisoniy.qazonamozlari
1,000+
installs · ≈2.2K
—
0 ratings
2026-10-24
first release
2026-10-24
last update

Description

Qazosi bor namozlaringizni yozib boring — yil, oy, kun. Internetsiz ishlaydi.

Qazo namozlaringizni yozib boradigan sodda daftar. Qancha qazoyingiz borligini, qaysi kunlarni o‘qib bo‘lganingizni eslab o‘tirmaysiz — ilova o‘zi hisoblab boradi. Siz faqat o‘qigan namozingizni belgilab qo‘yasiz. QANDAY ISHLAYDI Qazosi bor yillarni o‘zingiz qo‘shasiz. Har bir yil ochiladi, ichida o‘n ikki oy; oy ochiladi, ichida kunlar; kun ochiladi — oltita namoz: Bomdod, Peshin, Asr, Shom, Xufton va Vitr. Namozni o‘qidingizmi — bosib qo‘yasiz. Shu xolos. Ko‘p narsani birdan belgilash kerak bo‘lsa, butun kunni, butun oyni yoki butun yilni bir bosishda belgilash mumkin. Adashib bosib yuborsangiz, ekranning pastida olti soniya "QAYTARISH" tugmasi turadi — hammasi joyiga qaytadi. BELGILARINGIZ YO‘QOLMAYDI Ilova har safar siz bitta namoz belgilaganingizda ham zaxira nusxani shu zahoti qayta yozadi — siz hech narsa bosishingiz shart emas. Zaxira fayli ilovaning ichida emas, telefonning "Hujjatlar" papkasida turadi, shuning uchun ilova ma’lumotlari tozalansa ham joyida qoladi. Bundan tashqari: • Nusxasini o‘zingizga yuborish — Telegram, WhatsApp, pochta, qaysi ilovani xohlasangiz • Faylga saqlash — nomida sana turadi, eski nusxalar o‘chib ketmaydi • Fayldan tiklash — yangi telefonda yoki qayta o‘rnatganda hammasi qaytadi YANA NIMALAR BOR Kunlik eslatma. O‘zingiz tanlagan soatda bitta bildirishnoma keladi. Matn har kuni boshqacha. Savol-javoblar. Har bir namozning qazo niyati — Bomdoddan Vitrgacha. Qolaversa: qaysi yildan boshlab hisoblash, qaysi tartibda o‘qish, kuniga nechtadan o‘qish, vitr qazo qilinadimi, hayz kunlari qanday hisoblanadi. Darslar. Qazo namozini qanday o‘qishni bilmasangiz, video darslar ro‘yxati shu yerda. Lotin va kirill. Bir tugma bilan butun ilova matni ikkinchi yozuvga o‘tadi. MAXFIYLIK Ro‘yxatdan o‘tish yo‘q. Hisob yaratish yo‘q. Reklama yo‘q. Namoz belgilaringiz hech qanday serverga yuborilmaydi — ular faqat sizning telefoningizda qoladi. Biz ularni ko‘rmaymiz. Ilova internetdan faqat darslar ro‘yxati va e’lonlarni o‘qiydi. Internet bo‘lmasa ham asosiy vazifasi — namozlarni belgilash va hisoblash — to‘liq ishlayveradi. Muallimi Soniy Arab tili va Qur’on darslari youtube.com/@muallimisoniy

What's new

Birinchi versiya. • Qazo namozlarini yil, oy va kun bo'yicha belgilash • Bomdod, Peshin, Asr, Shom, Xufton va Vitr • Yillarni o'zingiz qo'shasiz va o'chirasiz • Butun kunni, oyni yoki yilni bir bosishda belgilash • Avtomatik zaxira nusxa — har bir belgidan keyin • Zaxirani o'zingizga yuborish va fayldan tiklash • Kunlik eslatma • Savol-javoblar va video darslar • Lotin va kirill yozuvi • Internetsiz ishlaydi

Details

Version1.1
Minimum Android version10
Reviews0
Available inworldwide (242)
Developer contactson the Business plan
Collected2026-11-14

This data in the API

The full record in JSON costs 1 token.

curl -H "X-API-Key: YOUR_KEY" \
  "https://apkapi.com/api/v1/app?id=uz.muallimisoniy.qazonamozlari"