App search

MK HR

uz.mkexpress.hr
5+
installs · ≈6
—
0 ratings
2026-11-11
first release
2026-11-11
last update

Description

MK Express xodimlari uchun davomat va xarajat arizalari — bir ilovada.

MK HR — MK Express kompaniyasi xodimlari uchun ish vaqti va xarajatlarni hisobga olish ilovasi. Ishga kelish va ketishni filial hududida bir necha soniyada belgilaysiz, xarajat arizasini esa chek rasmi bilan telefondan yuborasiz. Ilova faqat MK Express xodimlari uchun. Login va parol — backoffice'dagi bilan bir xil, ularni HR bo'limi beradi. Ilovada ro'yxatdan o'tish yo'q. DAVOMAT • Kirish va ketish — filial hududida, bir tugma bilan. Ilova joylashuvingiz filial radiusi ichida ekanini tekshiradi. • Selfi bilan tasdiqlash — kirish va ketish old kameradagi rasm bilan qayd etiladi. • Shaxsiy qurilma — davomat faqat sizga biriktirilgan telefondan belgilanadi. Telefon almashsa, HR uni bir daqiqada yangilaydi. • Bugungi holat — ish jadvali, kelish va ketish vaqti, kechikish daqiqalari bir ekranda. • Xaritada filial — filial nuqtasi, ruxsat etilgan radius va filialgacha masofa. • Tarix — haftalik ko'rsatkich va oylik davomat ro'yxati. XARAJAT ARIZALARI (P/L) • Yangi ariza — summa, kategoriya, yo'nalish, sana, izoh va 3 tagacha chek rasmi. • Yo'nalishlar "Qo'lda" va "Filiallar" bo'limlariga ajratilgan — kerakli yo'nalishni tez topasiz. • Holatini kuzatish — yangi, shubhali, qabul qilingan yoki rad etilgan; rad etilsa sababi ko'rinadi. • "Yangi" holatidagi arizani tahrirlash yoki bekor qilish mumkin. QULAYLIKLAR • O'zbek va rus tillari. • Yorug' va qorong'i mavzu. • Rasmlar yuborishdan oldin siqiladi — internet tejaladi. MAXFIYLIK Joylashuv faqat siz "Kirish" yoki "Ketish" tugmasini bosgan paytda bir marta olinadi va faqat filial hududini tekshirish uchun ishlatiladi. Ilova fon rejimida joylashuvingizni kuzatmaydi. Ma'lumotlar faqat MK Express ichida, davomat va xarajatlarni hisobga olish uchun ishlatiladi va reklama uchun uchinchi tomonlarga berilmaydi. Savollar bo'yicha: [email protected], +998 88 188-95-15.

Details

Version1.0.0
Minimum Android version7.0
Reviews0
Developer contactson the Business plan
Collected2026-11-21

This data in the API

The full record in JSON costs 1 token.

curl -H "X-API-Key: YOUR_KEY" \
  "https://apkapi.com/api/v1/app?id=uz.mkexpress.hr"