App search

Minni Kids

uz.minnikids.app
5+
installs · ≈7
—
0 ratings
2026-11-10
first release
2026-11-10
last update

Description

5–8 yoshli bolalar uchun sonlar, mantiq va algoritm o'yinlari — o'zbek tilida

Minni Kids — 5–8 yoshli bolalar uchun o'zbek tilidagi o'yinli ta'lim ilovasi. Bola robot Minni bilan orollar bo'ylab sayohat qiladi va har bir bekatda qisqa, qiziqarli topshiriqlar bajaradi. Nimani o'rgatadi • Sonlar: sanash, qo'shish, o'lchov, tarozi, bo'laklar • Mantiq: naqshlar, guruhlar, o'xshashlar, tartib • Algoritm: robot yo'li, kodlar, takrorlash, «agar» qoidalari • Muammo yechish: shakllar, qisqa yo'l, xatotopar Qanday ishlaydi • Bilim tekshiruvi bolaning darajasini 5–7 daqiqada aniqlaydi va yo'lni mos joydan boshlaydi. • Har bir topshiriqni Minni ovoz bilan tushuntiradi — o'qishni hali bilmagan bola ham mustaqil o'ynaydi. • Xato qilsa, Minni yordam beradi; uchinchi urinishda yechimni ko'rsatadi. • Orol xazinalari va haftalik reyting bolani har kuni qaytishga undaydi. Ota-onalar uchun • Ota-ona profilida bolaning haftalik natijalari, qaysi ko'nikmada qiynalayotgani va uyda 3 daqiqalik ekransiz mashg'ulot g'oyalari ko'rinadi. • Orolni tugatgani uchun bolaga o'z sovg'angizni va'da qilishingiz mumkin — bola uni xazinada topadi. • Bir hisobda bir nechta bola. Maxfiylik Reklama yo'q. Bolaning ma'lumotlari faqat uning o'qishi uchun ishlatiladi va hech kimga sotilmaydi. Hisobni ilovaning o'zida istalgan vaqt butunlay o'chirish mumkin. Maxfiylik siyosati: https://minnikids.uz/maxfiylik

What's new

Minni Kids'ning birinchi versiyasi: 5–8 yoshli bolalar uchun sonlar, mantiq, algoritm va muammo yechish bo'yicha o'yinli mashqlar.

Details

Version1.0.0
Minimum Android version7.0
Reviews0
Developer websiteminnikids.uz
Available inworldwide (242)
Developer contactson the Business plan
Collected2026-11-28

This data in the API

The full record in JSON costs 1 token.

curl -H "X-API-Key: YOUR_KEY" \
  "https://apkapi.com/api/v1/app?id=uz.minnikids.app"