App search

BizBalance: Biznes hisobi

uz.bizbalance.mobile
1+
installs · ≈4
—
0 ratings
—
first release
2026-09-30
last update

Description

Mijozlar, qarzdorlik, kassa va to‘lovlarni bir joyda hisobga oling

BizBalance — kichik biznesning kundalik hisobini yuritish uchun ilova. Mijozlar va hamkorlar, savdo operatsiyalari, qarzdorlik hamda to‘lovlarni telefoningizda tartibli saqlang. Kompaniyalaringizni boshqaring Bir hisobda bir nechta kompaniya yarating. Kompaniyani tanlaganingizda dashboard, mijozlar, operatsiyalar va hisobotlarda shu kompaniyaning ma’lumotlari ko‘rsatiladi. Mijozlar va hamkorlar Mijoz yoki yetkazib beruvchini qo‘shing, uning ma’lumotlarini yangilang, qoldig‘i va unga tegishli operatsiyalarni ko‘ring. Savdo, xizmatlar va xarajatlar Mahsulot sotish, xizmat ko‘rsatish, qarz va to‘lovlarni qayd eting. Mahsulot hamda xizmatlar ro‘yxatini yuriting, operatsiyaga mahsulotlarni biriktiring va qisman to‘lovlarni hisobga oling. Qarzdorlik nazorati Sizga to‘lanishi kerak bo‘lgan summalar va sizning hamkorlar oldidagi qarzlaringizni alohida ko‘ring. Qarz qaytarilganda tegishli to‘lovni yozib boring. To‘lov kalendari To‘lov muddati belgilangan operatsiyalarni kalendarda kuzating. Kerak bo‘lsa, to‘lov sanasini o‘zgartiring va muddati o‘tgan yozuvlarni tekshiring. Kassa va hisobotlar Kirim, chiqim va qoldiqni davr hamda to‘lov usuli bo‘yicha ko‘ring. Naqd, karta, bank va terminal orqali amalga oshirilgan to‘lovlarni hisobga oling. Kiritilgan yozuvlar asosidagi hisobotlar biznes holatini kuzatishga yordam beradi. Bildirishnomalar va yordam Tizim yaratgan bildirishnomalarni ilova ichida o‘qing. Foydalanish yo‘riqnomasi va maxfiylik siyosatini ilovaning o‘zida oching. O‘zbekcha lotin, o‘zbekcha kirill, ruscha va inglizcha interfeys mavjud. Kirish telefon raqami, SMS tasdiqlash kodi va PIN orqali amalga oshiriladi. Accountni sozlamalarda tasdiqlash orqali o‘chirish mumkin. Ilova bepul va reklamasiz. Serverdagi ma’lumotlar bilan ishlash uchun internet hamda ro‘yxatdan o‘tish uchun SMS qabul qila oladigan +998 raqam kerak. BizBalance kiritilgan operatsiyalarni hisobga oladi; bank hisobidan pul o‘tkazmaydi va kredit bermaydi. Cloud Platforms MCHJ Yordam: [email protected] Telefon: +998977332447

Details

Version1.0.0
Minimum Android version7.0
Reviews0
Developer websitecloudme.uz
Available inUzbekistan
Developer contactson the Business plan
Collected2026-11-20

This data in the API

The full record in JSON costs 1 token.

curl -H "X-API-Key: YOUR_KEY" \
  "https://apkapi.com/api/v1/app?id=uz.bizbalance.mobile"