App search

Kecha Va Kunduz

com.sadirboyprogrammer.kechavakunduz
Books & Reference Free Contains ads Everyone Open on Google Play
10,000+
installs · ≈23K
—
0 ratings
2022-11-01
first release
2026-10-09
last update

Description

Kutib OLing, Yangi dastur

Assalomu Alaykum. Bizning aziz kitobxonlarimiz uchun navbatdagi ajoyib kitob. Siz ushbu kitobdan o’qir ekansiz dungyoga boshqacha nigoh bilan qarashni boshlaysiz. O’zingiz uchun yangidan yangi fikrlarni kashf qilasiz. Siz uchun juda foydali kitob. Oxirigacha o’qishni maslaxat beramiz. Sizlarga ozgina foydamiz tekkan bo’lsa bundan biz juda xursandmiz. Kitoblar Olami yozuviga bosib bizning ko’plab boshqa dasturlarimizni yuklab olishingiz mumkin. Kecha va kunduz — Oʻzbek yozuvchisi Abdulhamid Choʻlpon tomonidan yozilgan roman. Bu asarga „Oʻtkan kunlar asari darajasida“ deb baho berilgan. U o‘zbek adabiyotidagi ilk roman — dilogiya bo‘lib, ikki kitobdan iborat. Birinchi qismi „Kecha“ 1933-1934 yillarda Moskvada yozilgan. Dastlabki boblari 1935-yilda Toshkentdagi adabiy jurnalning 1-sonida bosilgan, asar 1936-yilda to‘liq holda nashr etilgan. Asardagi voqealar ilk bahorda boshlanib, qish chillasida tugaydi. Cho‘lpon romaniga „Hamal keldi — amal keldi“ maqolini epigraf qilib olgan. „Kecha va kunduz“ romanining faqat „Kecha“ qismi mavjud. Olimlarning taxminicha, Cho‘lpon „Kunduz“ qismini ham rejalashtirgan yoki yozgan bo‘lishi ham mumkin. Dilogiyaning to‘liq emasligi olimlarga Cho‘lponning maqsadi haqida taxmin qilish imkoniyatini beradi. Baʼzi olimlar Cho‘lpon faqat „Kecha“ni yozgan, „Kunduz“ qismi borligi haqidagi mulohazalar asar kuzatuvchilarini mamnun qilish uchun aytilgan deyishadi. Boshqalari esa Cho‘lpon „Kunduz“ni ham yozgan, lekin qandaydir sabablarga ko'ra asar yo‘qotilgan hisoblashadi. „Kecha va Kunduz“ romanida xalq va jamiyat hayotida muhim ahamiyatga molik bo‘lgan barcha ziddiyatlar, adibning bor orzulari ifodalangan. Unda mehnatkash xalqning, xususan, xotin-qizlarning og‘ir kulfatu, mashaqqatlarga to‘liq hayoti jonli voqealar, yorqin obrazlar vositasida taʼsirli va ishonarli tasvirlangan. Asardagi asosiy ijobiy qahramonlardan biri bo‘lgan go‘zal va xushovoz, sodda va huquqsiz Zebi timsoli fikrimizni dalillaydi . Muallif Zebi taqdirida, Razzoq so‘fi va Qurbonbibi taqdirida butun bir xalqning davrga xos fojiali hayotini yaqqol ko‘rsatib beradi .

Details

Version1.1.17
Minimum Android version7.0
Reviews0
Developer websitegithub.io
Available inworldwide (242)
Developer contactson the Business plan
Collected2026-11-10

This data in the API

The full record in JSON costs 1 token.

curl -H "X-API-Key: YOUR_KEY" \
  "https://apkapi.com/api/v1/app?id=com.sadirboyprogrammer.kechavakunduz"