App search

O’limni eslash kitobi

bek.tj.oz_oz_organib
Books & Reference Free Contains ads Everyone Open on Google Play
100,000+
installs · ≈101K
—
0 ratings
2020-05-17
first release
2026-01-05
last update

Description

Ihyoi ulumid-din o'limni eslash kitobi

Ne-ne bahodirlarni yer tishlatgan, qanchadan-qancha kisrolarni yakson etgan, o‘limni mutloq unutgan qaysarlarning orzu-umidlarini yo‘kqa chiqargan zot — Ollohga hamd bo‘lsin. Darhaqiqat, «dunyoga ustunman» degan sonsiz bahodirlarga, kisroyu qaysarlarga va’da haq bo‘ldi. Ollohularni tubsiz chohga qulatdi. Bas, ular qasrlardan qabrlarga, nur balqqan beshiklardan qop-qorong‘u go‘rlarga ko‘chdilar, ayollar va bolalarni erkalash lazzatidan mahrum bo‘lib, hasharot va ochofat kurtlarga yem bo‘ldilar. Taom va sharob ne’matidan kesilib, qaro tuproqqa qorildilar. Ulfatlarning huzurbaxsh bazmidan uzilib, dahshatli yolg‘izlik, so‘ngsiz bezovtalik ichra qoldilar. Aytingchi, dunyoda o‘limdan saqlaydigan biror qal’a yoki kuch bormi?! Bor bo‘lsa, u bilan himoyalaning, qani, o‘zingizni o‘limdan to‘sib ko‘ring-chi! «Biz ulardan ilgari ham ancha avlodni halok qilganmiz. Siz ulardan birortasini ko‘rurmisiz yoki ovozlarini eshiturmisiz?!» (Maryam surasi, 98-oyat)2 . Buyuklik va qudratda yagona bo‘lgan Olloh shirk va nuqson kirlaridan pokdir. U zot baqoning egasi, Undan o‘zgasi fanodir. Boqiy zot foniylarga baxt ato etdi. O’limni muttaqiylar uchun najot va uchrashuv va’dalashilgan manzil qildi. Qabr esa badbaxtlar uchun zindon, to yaxshilik yomonlikdan ajraladigan jazo kunigacha tor xibsxona bo‘ldi. Barcha ne’matlarni ato qilguvchi - Olloh, so‘ngsiz qahr bilan intiqom oluvchi ham Olloh. Osmonlaru yerda U zotga shukrlar ko‘p. Avvalu oxir U zot uchun hamdlarga to‘la! Ochiq mo‘jizalari bilan bani Odam ichra mumtoz janobi pang‘ambarimiz Muxammad alayhissalomga, uning ahli baytlari hamda ashobiga salovotu salomlar bo‘lsin! O’lim - qismati, kabr - qarorgohi, tuprok - to‘shagi, Munkar va Nakir - suxbatdoshi, qurt-qumursqalar - ulfati, yer osti - xosxonasi, mahshargoh - va’dalashgan joyi, jannat yo do‘zax - so‘nggi manzili bo‘lgan har bir kishining fikru zikri - o‘lim, tadbiru tadorigi xam o‘lim uchun bo‘lishi tabiiy. Uning butun diqqat e’tibori o‘limga qaratilgan, qo‘rqinch va quvonchi ham o‘limdan, u o‘limga muntazir. U nafsini o‘liklar qatorida sanab, o‘zini qabrda ko‘radi. Chunki keluvchi narsa doimo yaqin, kelmaydigani esa uzoqdir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam, dedilar: «Nafsini tergaydigan va o‘limdan keyingi ishlarni o‘ylab amal qiladigan kishi asl ziyrakdir». Qalbda neki ko‘p yod etilsa, u narsaning kelishiga hozir turish oson kechadi. Nimanidir qayta-qayta eslab turish uchun esa, uni esga soluvchi ishoratlarga doimo diqqatni qaratish, unga rag‘bat uyg‘otuvchi narsalar xususida jiddiy mulohazani tark etmaslik lozim.. Kitob muallifi: Imom G’azzoliy Manba: www.ziyouz.com kutubxonasi

Details

Version4.8
Minimum Android version6.0
Reviews0
Developer websiteapp-ads-txt.com
Available inworldwide (242)
Developer contactson the Business plan
Collected2026-11-22

Chart positions

In 1 charts across 1 countries, best position #106.

Uzbekistan · free#106 BOOKS_AND_REFERENCE

This data in the API

The full record in JSON costs 1 token.

curl -H "X-API-Key: YOUR_KEY" \
  "https://apkapi.com/api/v1/app?id=bek.tj.oz_oz_organib"