应用搜索

Mening Nomalum Sohibjamolim

com.sadirboyprogrammer.meningsoxibjamolim
Books & Reference 免费版 含广告 Everyone

该应用已于 2026-11-11 从 Google Play 下架。以下是我们保存的最后数据。

10,000+
次安装 · ≈11K
—
0 个评分
2023-11-04
首次发布
2026-10-09
最近更新

说明

Premyera. Kutib Oling. Ilk bor Android formatda tuzilgan kitob.

Bolgar yozuvchisi va shoiri Bogomil Raynovning „Mening noma’lum sohibjamolim“ asari muhabbat haqida hikoya qiladi. Muallif bu asarida g‘arb jamiyatining muhabbat haqidagi qarashlari, intilishlari, kamchiliklarini ochib bergan. Muhabbat va yana muhabbat hikoya qiluvchi bu kitob, o‘ylaymizki, sizga manzur bo‘ladi. Kemachamiz San-Jorjo orolini aylanib o‘tgach, uning motori jadallashib, yengil va bir maromda ishlay boshladi. Ko‘z oldimizda to Lidogacha yastangan moviy-yashil ko‘rfaz ko‘rindi. Ufqdan oshib o‘tishga ulgurgan bir necha motorli qayiqlarning qoldirgan ko‘pikli izlari suv sahnida to‘lqinlanardi. Shamol kuchayib, sal salqinlashdi. Kayutaning soyasiga o‘tganimdan ruhim tetiklandi. Afsuski, rejamdagi ikki ibodatxona va bitta qasrni inkor qilgandim. Aks holda kayfim juda chog‘ bo‘lardi. «Kuyunma, — dedim o‘zimga-o‘zim. — Bu yog‘ini sal tig‘izlasang bariga ulgurasan. Horib-charchaganda tomosha qilishdan nima foyda bor? Baribir miyangga hech narsa kirmaydi». Shu xayolda dengizdan shahar tomonga keskin burilgandim, yonimdagi ayolga tegib ketdim. Ayol o‘qishga juda berilib ketgan shekilli, kechirim so‘raganimda qarab ham qo‘ymadi. «Voy-bo‘, buning kekkayishini-chi!» — dedim ichimda, unga ko‘z qirimni tashlab. Ayol kekkayarmidi yo‘qmi, noma’lum, lekin atrofdagi hech narsaga e’tibor bermay mutolaa qilardi. Uning yuzi mahalliy ayollarnikidek yarq etib ko‘zni oluvchi toifadan bo‘lmasa-da, harholda chiroyli edi. Avvaliga uning chehrasini shunchaki bekorchilikdan kuzatdim. Keyin «U haqiqatan ham go‘zal ekan», dedim o‘zimga-o‘zim. Yana biroz turib esa undan ko‘z uzolmay qolganimni jahl bilan tan oldim. U juda yosh edi. Qiz bola bo‘lsa kerak, degan qarorga kelardim-u, ammo o‘zini tutishidagi qizlarga xos bo‘lmagan jiddiylik va barkamollik bunga yo‘l qo‘ymasdi. Qimmatbaho pushtirang matodan tikilgan kashtali ko‘ylagi sarv qomatiga chippa yopishib turardi. Ametis ko‘zli uzuk bezagan bir qo‘lida jurnal tutgan, ikkinchi qo‘li esa oppoq sumkaning bambuk bandidan ushlab olgandi. «Badavlat ekan, — dedim o‘zimga-o‘zim. — Kekkayishi bejizmas! Buning ustiga o‘zini hurliqo, odamlarni esa faqat unga tikilish bilan mashg‘ul, deb o‘ylaydi». Men aslida sergap emasman. Lekin kamgap odam ham ichida ko‘p gapiradi. Ayolning o‘qiyotgani kinoroman bo‘lgani uchun unga nisbatan g‘ashligim tag‘in oshdi. Nihoyat, u mutolaani tugatdi. Jurnalni yopib sumkasiga tiqdi-da, nigohini ko‘tardi. Uning chag‘ir ko‘zlari mehribon va jiddiy boqardi. O‘ngu so‘lga o‘q otib, «xo‘sh, qalayman, yoqimtoyginamanmi?» deydigan ko‘zlardan emasdi. Ayolning dengiz shu’lasidan biroz qisilgan nigohi mening yuzimdan befarq sirg‘alib o‘tdi-da, kemaning ortida qolayotgan ko‘pikli «egat»da to‘xtadi. — Havo yaxshi-a? — deb yubordim o‘zim ham kutmagan holda. Ayol javob bermadi. — Lekin issiqrog‘-a, nima deysiz? Bu safar ayol bamaylixotirlik bilan menga orqasini o‘girdi. — Ba’zi bir odamlar bilan suhbat qurish juda qiyin bo‘ladi, — dedi yonimdagi chol qulog‘im ostida po‘ng‘illab. — Ular o‘zlarini oddiy bandalardan ko‘p yuqori qo‘yishadi. Cholning kichkina va namchil ko‘zlari menga xayrixoh boqardi. Biz u bilan ob-havo xususida gaplashib ketdik.

详情

版本1.1.8
最低 Android 版本7.0
评论数0
开发者网站github.io
可用国家全球(242)
开发者联系方式包含在 Business 套餐中
数据采集于2026-11-10

API 中的这些数据

完整的 JSON 应用详情消耗 1 个令牌。

curl -H "X-API-Key: YOUR_KEY" \
  "https://apkapi.com/api/v1/app?id=com.sadirboyprogrammer.meningsoxibjamolim"