Avtotest 2026: prava test, YHQ imtihon savollari — 3D vaziyatlar bilan
Avtotest 3D: YHQ Prava — avtotest va prava test uchun yo'l harakati qoidalari (YHQ) mashqi. Javobni tanlang va oqibatini o'z ko'zingiz bilan ko'ring: avariya, fotoradar jarimasi yoki xavfsiz o'tish. Xato qilsangiz vaqt orqaga qaytadi.
Haydovchilik guvohnomasi imtihoniga tayyorlanayotgan avtomaktab o'quvchilari uchun: savolni yodlamaysiz — vaziyatni jonli 3D ko'rinishda ko'rib, qoidani tushunasiz.
QANDAY ISHLAYDI
• Mashina chorrahaga o'zi yaqinlashadi, qaror lahzasida vaqt sekinlashib to'xtaydi.
• Siz javobni tanlaysiz va tanlovingiz haqiqatda sodir bo'ladi: xavfsiz o'tish, fotoradar jarimasi yoki avariya.
• Xato qilsangiz vaqt qaror lahzasiga qaytadi, qayta urinib ko'rasiz.
• Har javobdan keyin YHQ bandi bilan qisqa izoh chiqadi.
NIMALAR BOR
• O'zbekiston YHQ imtihonining 1276 ta savoli (biletlar), 42 ta mavzu bo'yicha.
• 404 ta interaktiv 3D vaziyat: chorrahalar, svetoforlar, yo'l belgilari, tramvay, piyodalar, YPX xodimi ishoralari, aylanma harakat va boshqalar.
• Imtihon rejimi: 20 savol / 25 daqiqa va 50 savol / 60 daqiqa, taymer va natija bilan.
• «Mashq qilish»: savollar ketma-ket, 3D vaziyatlar orasida testlar.
• «3D vaziyatlar»: raqam, mavzu yoki so'z bo'yicha qidirib, istalgan vaziyatni tanlab mashq qilish.
• Uch tilda: o'zbek (lotin), o'zbek (kirill) va rus.
• Ro'yxatdan o'tish talab qilinmaydi, reklamasiz.
• Oddiy va arzon Android telefonlar uchun moslangan.
• Savollarning rasmlari internet orqali yuklanadi.
BEPUL YUKLAB OLING, TO'LIQ VERSIYA — TARIF BILAN
Ilovani bepul yuklab olasiz. Test savollari (birinchi yopiq 3D vaziyatgacha), dastlabki 8 ta 3D vaziyat va kuniga 1 ta imtihon bepul ochiq. To'liq versiya — barcha 404 ta 3D vaziyat va cheksiz imtihon — ilova ichida tarif orqali (Click) ochiladi. Faollashtirish kodi bilan ham ochish mumkin; kod bitta telefon uchun beriladi.
Ilova davlat ilovasi emas, hech qanday davlat organi yoki imtihon markazini vakil qilmaydi va ular bilan bog'liq emas. Yo'l harakati qoidalarining rasmiy matni: Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi — https://lex.uz
Có gì mới
• Kun vaziyati: har kuni bitta yopiq 3D vaziyat bepul ochiladi
• «Imtihoningiz qachon?» — imtihongacha qolgan kunlar bosh ekranda
• Ketma-ket kunlar va tayyorgarlik foizi
• Imtihon natijasini do'stlarga ulashing
• Do'stingizni taklif qiling — ikkalangizga 3 kun to'liq versiya
• Click'ingiz bo'lmasa — Telegram orqali to'lash yo'li
• Xatolar tuzatildi