Komissiyasiz to‘lov qabuli, soliqlarni avtomatik hisoblash va to‘lash.
Biznes bilan siz shug‘ullanasiz — to‘lovlar va soliqlar haqida Xolis qayg‘uradi.
Xolis — yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun ilova. Biznesingizni ro‘yxatdan o‘tkazing, to‘lovlarni komissiyasiz qabul qiling va mijoz to‘lagan zahoti ishlab topgan pulingizdan foydalaning. Biznes hamyon, o‘tkazmalar, soliqlar va operatsiyalar tarixi — bitta ilovada.
Ishingizni ilovada boshlang
Xolisda YaTTni ro‘yxatdan o‘tkazing yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida onlayn ro‘yxatdan o‘ting.
To‘lovlarni komissiyasiz qabul qiling
Mijozlarga qulay to‘lov usulini taklif qiling: QR yoki NFC orqali. Naqd pul bilan ishlaysizmi? Daromadlaringizni bir joyda ko‘rish uchun bunday to‘lovlarni ham Xolisda hisobga oling.
Pulingizdan darhol foydalaning
Xaridor to‘lagandan so‘ng pul bir zumda Xolis biznes hamyoniga tushadi. Tushumni kutmasdan uni o‘tkazing, yeching yoki to‘lovlar uchun ishlating.
Soliqlarni hisoblash va to‘lashni Xolisga topshiring
Buxgalteriya ishlari kamroq: Xolis soliqni avtomatik hisoblaydi, kerakli summani yechib oladi va uni soliq to‘lovi hisobiga o‘tkazadi. Xolis orqali qabul qilingan to‘lovlar bo‘yicha soliq hisobotini o‘zingiz topshirishingiz shart emas.
Pulni bitta joyda boshqaring
Biznes hamyon balansini kuzating, o‘tkazmalar va to‘lovlarni amalga oshiring, operatsiyalar tarixini ko‘ring. Tushumlarni tekshiring va pul harakatini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ilovada nazorat qiling.