Qarzni ovoz bilan ayting, AI o'zi yozadi va SMS eslatmani tayyorlaydi
Haqqim — kichik do'kon va rastalar uchun AI qarz daftari. Kim, qancha, qachongacha — bir gap bilan aytasiz, AI yordamchi yozuvni o'zi tuzadi.
Kichik do'konda kuniga bir-ikki nasiya bo'ladi, lekin bir oyda ular qog'oz daftarga sig'may qoladi: kim qancha olgani chalkashadi, qisman to'lovlar hisobdan chiqib ketadi, «qancha qarzim bor?» degan savolga javob topish uzoq vaqt oladi. Haqqim shu hisobni o'zi yuritadi.
Nimalar qila oladi:
• Ovoz bilan yozish: «Ali 50 ming so'mlik mol oldi, 10 kunda beradi» deysiz — ism, summa va muddat tayyor bo'ladi. Saqlashdan oldin yozuvni ko'rib, tuzatasiz.
• Mijozlar va qarzdorlar: kim nasiyaga nima oldi, qancha qarz bo'ldi, qanchasini qaytardi — har bir mijoz bo'yicha.
• To'lovlar va muddatlar: qisman to'lov va bo'lib to'lash hisobga olinadi; muddati o'tgan va yaqinlashgan nasiyalar ro'yxat boshida ko'rinadi.
• SMS eslatma: eslatma matnini sun'iy intellekt yozadi, siz tahrirlaysiz. SMS telefoningizning o'z xabarlar ilovasida ochiladi va siz bosganingizdagina ketadi.
• Live AI suhbat: «Qancha qarzim bor?», «Kimning muddati o'tgan?» deb ovoz bilan so'raysiz.
• Daftar suratini o'qish: eski qog'oz daftar sahifasini suratga olasiz, qatorlar ro'yxatga aylanadi.
• Hisobot: Excel yoki PDF ko'rinishida yuklab olasiz.
• Xodimlar va rollar: sotuvchi qarz yozadi va to'lov qabul qiladi, sozlamalar va hisobotlar egasida qoladi.
• Yetkazib beruvchilarga qarzlarim: o'zingiz kimga qancha qarzdorligingiz ham alohida yuritiladi.
• So'm va dollar alohida hisoblanadi.
Maxfiylik:
Ovozli yozuv faqat matnga aylantirish uchun yuboriladi va saqlanmaydi. Daftar surati ham saqlanmaydi. Daftarga faqat siz tasdiqlagan yozuvlar tushadi. Ilovada reklama yo'q.
Kirish va tarif:
Telefon raqamingiz va SMS kod orqali kirasiz. Avval bepul foydalanasiz, keyin yillik obuna kerak bo'ladi: to'lov ilova ichida karta orqali amalga oshiriladi, chekni yuklaysiz. Obuna tugasa ham ma'lumotingiz yo'qolmaydi — ko'rish rejimida qoladi.
Ruxsatlar: mikrofon faqat ovoz bilan yozish va suhbat uchun so'raladi.
Batafsil: haqqim.uz