Yaqinlaringiz qayerda — bitta xaritada. Faqat siz qabul qilgan odamlar.
Birga — yaqinlaringiz qayerdaligini bitta jonli xaritada ko'rsatadigan
ilova. O'zbekistonda ishlab chiqilgan.
QANDAY ISHLAYDI
Odamni foydalanuvchi nomi bo'yicha topasiz va so'rov yuborasiz. U qabul
qilmaguncha siz na uning joylashuvini ko'rasiz, na xabar yoza olasiz.
Aloqa har doim ikki tomonlama — notanish odam sizni topa olmaydi.
IMKONIYATLAR
• Jonli xarita — yaqinlaringiz holati fon rejimida yangilanib turadi
• "Oxirgi marta ko'rilgan" belgisi — ma'lumot qachon yangilangani ko'rinadi
• Qabul qilingan do'stlar bilan shaxsiy yozishmalar
• "Salom" — bir tegishda salom yuborish
• Saqlangan joylar — uy, ish, maktab
• Bildirishnomalar: do'stlik so'rovi, qabul qilinishi, joyga yaqinlashish
• Yorug' va qorong'i mavzu
• Uch til: o'zbek, rus, ingliz
JOYLASHUV HAQIDA
Ilova fon rejimida joylashuvdan foydalanadi — shunda yaqinlaringiz ilova
yopiq bo'lganda ham sizni ko'radi. Ruxsat bermasangiz ham bo'ladi: xarita
va yozishmalar ochiq qoladi, faqat sizni hech kim ko'rmaydi. Ruxsatni
istalgan vaqtda telefon sozlamalaridan o'chirasiz.
MAXFIYLIK
Ma'lumotlar himoyalangan ulanish orqali uzatiladi. Biz ularni reklama
kompaniyalariga sotmaymiz va bermaymiz. Harakat tarixi 60 kun saqlanadi,
keyin avtomatik o'chadi. Hisobni ilova ichidan o'chirish mumkin.
Maxfiylik siyosati: https://birga-app.uz/privacy
Qo'llab-quvvatlash:
[email protected]
Yangi: qadamlar. Bugun qancha yurganingizni ko'ring, kunlik maqsad qo'ying va ketma-ket kunlarni saqlang. Joylashuvingizni ko'radigan do'stlaringiz bugungi qadamlaringizni ham ko'radi — buni istalgan vaqtda o'chirib qo'yish mumkin. Joylashuvga «doim» ruxsat berish endi ikki bosishda. Xarita ham silliqroq bo'ldi.