Femmy - Ayollar uchun hayz kalendar va Homiladorlik maktabi | Shaxsiy kundalik
Femmy – ayollar uchun maxsus yaratilgan sog‘liq kalendari, kundalik va shaxsiy yordamchi. Bu ilova sizning hayotingizning barcha muhim bosqichlarida hayz siklingizni kuzatish, homiladorlik jarayonini nazorat qilish, tug‘ruqdan keyingi tiklanish, farzand sog'ligini nazorat qilish va klimaks davrida salomatlikni boshqarish imkoniyatini beradi.
🔹 Hayz kalendari – siklingizni aniq hisoblab, ovulyatsiya va unumdor kunlarni belgilaydi.
🔹 Homiladorlik maktabi – homilador ayollar uchun homila muddati nazorati
🔹 Tug‘ruqdan keyingi yordam – bola parvarishi, laktatsiya va tiklanish bo‘yicha maslahatlar.
🔹 Ayollar kundaligi – kayfiyat va sog‘lig‘ingizni kuzatib boring.
🔹 Foydali maqolalar – ginekologlar va mutaxassislar tomonidan tayyorlangan salomatlik bo‘yicha maslahatlar.
✨ Femmy – har bir ayol uchun ishonchli yordamchi!
📲 Hoziroq yuklab oling va o‘zingizni yaxshi his qiling!
⚕️ Tibbiy ogohlantirish
Femmy — ma’lumot berish va kuzatuv ilovasi. U tibbiy xizmat ko‘rsatmaydi, tashxis qo‘ymaydi va davolash tayinlamaydi.
Hayz, ovulyatsiya va homiladorlik hisob-kitoblari siz kiritgan ma’lumotlarga asoslangan taxminiy bashoratdir. Ular tibbiy aniqlikka da’vo qilmaydi va kontratseptsiya vositasi sifatida ishlatilmasligi kerak.
Maqolalar, maslahatlar va AI yordamchi javoblari umumiy ma’lumot xarakteriga ega. Ular shifokor ko‘rigi, tashxisi yoki davolash rejasining o‘rnini bosa olmaydi.
Sog‘lig‘ingiz, homiladorligingiz, bolangiz salomatligi yoki qabul qilayotgan dorilaringiz bo‘yicha har qanday savol bilan malakali shifokorga murojaat qiling. Ilovadagi ma’lumot tufayli shifokor tavsiyasini e’tiborsiz qoldirmang yoki unga murojaat qilishni kechiktirmang.
Favqulodda holatda darhol tez yordamga qo‘ng‘iroq qiling (103).
Có gì mới
What's New
• Amplitude added
• UI bugs improved