Profil va oynani kam chiqindi bilan kesing: tayyor chizma va qoldiqlar ombori
Kesim — PVC va alyumin rom, eshik va oyna ustaxonalari uchun kesish kalkulyatori. O'lchamlarni kiritasiz — ilova eng kam chiqindi bilan kesish chizmasini tayyorlab beradi.
PROFIL KESISH
- Zagotovka uzunligi va kerakli bo'laklarni kiriting, ilova ularni zagotovkalarga eng tejamli tarzda joylashtiradi.
- Arra qalinligi hisobga olinadi.
- Har bir zagotovka uchun aniq kesish chizmasi va tartibi.
OYNA KESISH
- List o'lchami va kerakli oyna bo'laklarini kiriting.
- Ilova listni qanday kesishni chizib beradi va qoldiqni ko'rsatadi.
- Chetdan tashlash va minimal foydali qoldiq sozlanadi.
QOLDIQLAR OMBORI
- Ortib qolgan foydali bo'laklar omborga yoziladi.
- Keyingi hisobda ombordagi qoldiqni tanlab ishlatasiz — material isrof bo'lmaydi.
TARIX VA PDF
- Har bir saqlangan hisob tarixda turadi, chizmasini istalgan vaqt ochasiz.
- Natijani PDF qilib olish yoki Telegram orqali ulashish mumkin.
USTA UCHUN QULAY
- To'liq o'zbek tilida.
- O'lchamlar santimetrda.
- Katta matn rejimi — ustaxonada ham oson o'qiladi.
QANDAY ISHLAYDI
1. Telefon raqamingiz va parol bilan ro'yxatdan o'ting.
2. Raqamingizni Telegram orqali tasdiqlang.
3. O'lchamlarni kiriting — kesish chizmasi tayyor.
Ro'yxatdan o'tgach sinov muddati beriladi: 30 kun yoki 60 ta hisob, qaysi biri oldin tugasa. Sinov tugagach yangi hisoblash uchun obuna kerak bo'ladi. Tarix va qoldiqlar ombori doim ochiq qoladi.
Hisoblash serverda bajariladi, shuning uchun internet kerak.
Maxfiylik siyosati: https://kesim.velmora.uz/maxfiylik/
Yordam: https://kesim.velmora.uz/yordam/
Що нового
Kesim'ning birinchi versiyasi: profil va oyna kesish chizmasi, qoldiqlar ombori, tarix va PDF.