Пошук застосунків

Formula: ozish va semirmaslik

io.udevs.formula_mobile
Health & Fitness Безкоштовний Everyone Відкрити в Google Play
10,000+
встановлень · ≈1K
—
0 оцінок
2026-06-05
перший реліз
2026-11-14
останнє оновлення

Опис

Doktor Feruzning ozish ilovasi: diyetasiz ozish va qayta semirmaslik

Diyetada ozish mumkin, qiyini — qayta semirmaslik. Formula diyeta emas: ilova ovqatlanish odatingizni asta-sekin oʻzgartiradi. Odat oʻzgarsa, vazn qaytmaydi. NEGA VAZN QAYTADI Diyetada odam ozadi, lekin diyeta tugagach eski odat qaytadi — vazn ham qaytadi. Formula nimani, qancha va nega yeyishni oʻrgatadi. Osh ham, non ham mumkin. Och qolmaysiz, taqiqlar roʻyxati yoʻq. DOKTOR FERUZ KIM Doktor Feruz — shifokor, 4 yildan beri sogʻlom ozishni oʻrgatadi. Uning «Ongli Ozish» kursida 4 yilda 13 396 kishi qatnashgan. Metod dori, detoks va och qolishsiz ishlaydi. Formula — shu metodning ilova koʻrinishi. ILOVADA NIMA BOR • Qisqa darslar — Doktor Feruz oddiy tilda tushuntiradi: ozish uchun nima qilish kerak va nega. • Har kuni kichik vazifa — bajarish juda oson. • Ordinator — AI yordamchi. Ovqat va odat haqidagi savolingizga kechasi ham oʻzbekcha javob beradi. • AI-kamera — ovqatni rasmga oling, ilova kaloriya, oqsil, yogʻ va uglevodni taxminan hisoblaydi. • Vazn grafigi — natijangiz hafta, oy va yil kesimida koʻrinib turadi. • Qadamlar — Health Connect bilan ulanadi (faqat qadamlar oʻqiladi). KIMLAR UCHUN Avval ozib, keyin qayta semirganlar. Diyeta va parhezdan charchaganlar. Sogʻlom ozish uchun oddiy va tushunarli yoʻl izlayotganlar. Formula bilan sogʻlom ozishni bugundan boshlang. OBUNA Ilovadan toʻliq foydalanish pullik: darslar, Ordinator, AI-kamera va Taomlanish odatlari obuna bilan ochiladi. Toʻlov bir martalik, obuna avtomatik uzaymaydi. Narx va muddat ilova ichida koʻrsatiladi. Birinchi dars toʻlovdan keyin darhol ochiladi. MUHIM Formula tibbiy qurilma emas: kasallikka tashxis qoʻymaydi, uni davolamaydi va oldini olmaydi. Homiladorlik yoki emizish davrida, qandli diabet, yurak, buyrak, qalqonsimon bez kasalliklari, ovqatlanish buzilishlari boʻlsa yoki doimiy dori ichsangiz, avval shifokoringiz bilan maslahatlashing. Kaloriya qiymatlari taxminiy. Natijalar har kimda har xil boʻladi. Ilova 18 yoshdan kattalar uchun.

Що нового

• Yangi boshlang'ich bosqich va ro'yxatdan o'tish qayta ishlandi • Ordinator: dars, kaloriya, ovqat, suv va qadam ma'lumotlariga tayanadi • Reja tug'ilgan sana yoki faollik darajasini so'raydi • Bosh sahifada keyingi dars to'g'ri ochiladi • Haftalik ovqat grafigi kunlik kaloriya rejasiga nisbatan chiziladi • Yangi animatsiya, tebranish effektlari • VoiceOver va kirill matni yaxshilandi, xatolar tuzatildi

Деталі

Версія1.0.19
Мінімальна версія Android8.0
Відгуків0
Сайт розробникаudevs.io
Доступний у країнаху всьому світі (242)
Контакти розробникау тарифі Business
Дані зібрано2026-11-28

Позиції в чартах

У 1 чартах 1 країн, найкраще місце — 16.

Узбекистан · free#16 HEALTH_AND_FITNESS

Ці дані в API

Повна картка в JSON коштує 1 токен.

curl -H "X-API-Key: YOUR_KEY" \
  "https://apkapi.com/api/v1/app?id=io.udevs.formula_mobile"