Пошук застосунків

YodAll: Ingliz va Koreys tili

com.yod_all
Education Безкоштовний Покупки в застосунку Everyone Відкрити в Google Play
100+
встановлень · ≈398
—
0 оцінок
2023-08-17
перший реліз
2026-11-11
останнє оновлення

Опис

Kuniga 5 daqiqa: Ingliz va Koreys so'zlari, qisqa darslar, Afandi latifalari.

YodAll — o'zbek tilida so'zlashuvchilar uchun ingliz va koreys tilini o'rganish ilovasi. Kuniga 5 daqiqa ajrating: so'zlarni yodlab emas, eslab qolib o'rganasiz. O'RGANISH YO'LI • Ingliz tili kundalik vaziyatlar bo'yicha bo'limlarga ajratilgan: oila, ovqat, uy, do'kon, transport, sog'liq, ish va boshqalar • Har kuni 3, 5 yoki 10 daqiqalik qisqa darslar: so'zni ko'rasiz, eshitasiz, taniysiz, eslaysiz va gapda ishlatasiz • Afandining hiylasi: har bir so'zni eslab qolishga yordam beradigan kulgili bog'lanish • Xatolar sandig'i: xato qilgan so'zlaringiz to'g'ri javob bermaguningizcha qaytib keladi • Afandi latifalari va qisqa matnlar: o'rgangan so'zlaringizni hikoya ichida qayta uchratasiz KOREYS TILI • Hangul harflari noldan, har bir tovushi bilan • Koreyada ishlash va yashash uchun kerakli kundalik hayot so'zlari (EPS-TOPIK) SO'Z BOG'I Har bir o'rgangan so'zingiz bog'ingizda gulga aylanadi. Takrorlash vaqti kelganda gul "suv so'raydi": bir necha daqiqalik takrorlash bilan so'z xotirangizda mustahkam qoladi. YANA • Daraja testi: 5 daqiqada ingliz tilidagi darajangizni bilib, o'zingizga mos joydan boshlang • Gapirish: inglizcha gapni ayting, qanchalik aniq eshitilganini ball va maslahat bilan ko'rasiz • Lug'at: tarjima, ta'rif va misollar • Kunlik seriya va do'stlar: har kuni o'qish odatini saqlang, do'stlaringiz bilan birga o'rganing • Eslatma o'zingiz tanlagan vaqtda • Ro'yxatdan o'tmasdan boshlash mumkin: hisob ochganingizda natijalaringiz saqlanib qoladi • Telefon va planshet uchun alohida ko'rinish PREMIUM YodAll'ni bepul ishlatish mumkin. Premium ko'proq dars, mashq va gapirish tekshiruvini ochadi. Premium oylik yoki yillik obuna, yoxud 1, 3 yoki 12 oylik paket sifatida ilovaning o'zida sotib olinadi. Obuna har davr oxirida avtomatik yangilanadi, agar joriy davr tugashidan kamida 24 soat oldin bekor qilinmasa. Obunani do'kon hisobingiz sozlamalarida boshqarish va bekor qilish mumkin.

Що нового

odAll 1.3.2 • "So'zni yig'ing": so'z javobni tekshirgandan keyin o'qiladi, oldin emas • "Gapni tuzing": Afandi butun gapni o'qib beradi, siz eshitganingizni tuzasiz • Ovozlar tenglashtirildi: gaplar aniqroq, javob tovushlari yumshoqroq • Podkastlar: keyingi epizoddan qisqa parcha • Android'da ba'zi telefonlarda bosh sahifa yopilib qolishi tuzatildi • Kichik tuzatishlar va yaxshilanishlar

Деталі

Версія1.3.2
Мінімальна версія Android7.0
Відгуків0
Ціни покупок$4.99 - $39.99 per item
Сайт розробникаyodall.uz
Доступний у країнаху всьому світі (242)
Контакти розробникау тарифі Business
Дані зібрано2026-11-28

Ці дані в API

Повна картка в JSON коштує 1 токен.

curl -H "X-API-Key: YOUR_KEY" \
  "https://apkapi.com/api/v1/app?id=com.yod_all"