Sharpa rejimi, o'chirilgan xabarlar tarixi va chat qulfi bor norasmiy messenjer.
Tinchgram Telegram hisobingiz bilan ishlaydigan norasmiy ilova. Chatlar, guruhlar, kanallar, kontaktlar va qo'ng'iroqlar avvalgidek qoladi. Qo'shimcha sozlamalar esa kim sizni ko'rishini va xabarlaringiz bilan nima bo'lishini o'zingiz hal qilishingizga imkon beradi.
Tinchgram Telegram FZ-LLC bilan bog'liq emas va u tomonidan tasdiqlanmagan. Kirish uchun Telegram hisobingiz (telefon raqamingiz) kerak.
MAXFIYLIK
• Ghost rejimi: onlayn holatingiz, o'qilgan belgisi, "yozmoqda" holati va hikoyani ko'rganingiz suhbatdoshga ko'rinmaydi. Xabarlarni o'qishda davom etasiz.
• "Yozmoqda" holatini alohida yashirish mumkin.
• Chat qulfi: tanlangan chat barmoq izi, yuz yoki telefon paroli bilan ochiladi, ro'yxatda xabar matni yashiriladi.
• Parol ekranida raqam tugmalari har safar boshqa joyda turadi.
• Skrinshot taqiqi: ekran rasmi va yozuvi bloklanadi.
• Streamer rejimi: ekranni boshqalarga ko'rsatganda telefon raqami va chat ro'yxatidagi xabar matni yashiriladi.
XABARLAR
• O'chirilgan xabarlar: suhbatdosh yoki admin o'chirgan xabar chatda qoladi va "o'chirilgan" deb belgilanadi. Nusxa faqat telefoningizda saqlanadi.
• Tahrirlangan xabarning oldingi matnlarini ko'rish.
• Ovozli xabar, stiker va GIF yuborishdan oldin tasdiq so'rash.
• Har bir xabar oxiriga o'zingiz yozgan matnni qo'shish.
• Imzosiz forward.
• Bir vaqtda 1000 tagacha xabarni tanlash.
• Tanlangan xabarlarni rasm qilib ulashish.
• Tungi jim rejim: 22:00 dan 07:00 gacha xabarlar ovozsiz yuboriladi.
• Chatda birinchi xabarga o'tish.
TARTIB
• Cheksiz mahalliy mahkamlash: istalgancha chatni ro'yxat tepasiga qo'ying. Faqat shu telefonda ko'rinadi.
• Siz admin bo'lgan guruh va kanallar bitta papkada yig'iladi.
• Papkalar va hikoyalar panelini yashirish.
• Admin bo'lgan guruh va kanallarga qo'shilish so'rovlarini avtomatik qabul qilish.
• Kontaktingizda yo'q, +998 bilan boshlanmaydigan raqamdan yozgan odamni avtomatik bloklash.
• Ilovadan chiqqaningizda o'qilmagan xabarlar haqida eslatma.
• Ovozli xabar eshitilganda boshqa ilovalardagi musiqa to'xtaydi.
• Profilda ID raqami (bosib nusxalanadi).
• Dumaloq video uchun old yoki orqa kamerani tanlash.
• Avtomatik yuklashni o'chirish: fayllar faqat bosganingizda yuklanadi.
MA'LUMOTLAR
Xabarlaringiz, kontaktlaringiz va telefon raqamingiz Telegram serverlarida qayta ishlanadi, Tinchgram serveriga yuborilmaydi. tinchgram.com serveriga faqat telefon raqamingizning davlat kodi, platforma, ilova versiyasi va tili boradi (havolalar va yangilanish xabari uchun). Siz fikr yozsangiz, uning matni ham yuboriladi. To'liq matn: tinchgram.com/privacy
Yangiliklar: t.me/tinchgram
Savollar: t.me/tinchgrambot
Що нового
Tezkor sozlamalarda tahrir va o'chirilgan xabarlar tarixi tugmalari.
Xabar, chat va jildni bosib turib sozlamani darrov o'zgartirish, Sozlamalarda qidiruv, yashirin chatlar va chat qulfi ko'proq joyda.