Buscar apps

Gunohi Kabiralar

yoqubjon.tj.gunohi_kabiralar
Books & Reference Grátis Contém anúncios Mature 17+ Abrir no Google Play
50,000+
instalações · ≈68K
—
0 avaliações
2019-07-22
primeiro lançamento
2026-04-08
última atualização

Descrição

Imom Zahabiyning "Gunohi Kabiralar" degan kitobi

Islom olamining mo‘’tabar olimlari qatorida, shubhasiz, Muhammad ibn Ahmad ibn Usmon Abu Abdulloh Zahabiy Shofe’iy hazratlarining ham munosib o‘rni bor. Imom Zahabiy hijriy 673 yili Suriyaning Damashq shahrida tavallud topganlar. «Zahabiy» taxallusi u kishiga otalarining kasbiga nisbatan berilgan bo‘lib, «zargarning o‘g‘li» degan ma’noni anglatadi. Hadis ilmi bilan 18 yoshdan shug‘ullanishni boshladilar, Ba’labakka, Hims, Hama, Aleppo, Tripoli, Nabulus, Ramla, Qohira, Iskandariya, Quddus, Hijoz kabi jami o‘ttizta shaharda bo‘ldilar. Ilm tahsili uchun juda ko‘p olimlarning xizmatida turdilar. Ibn Zahiriy, Abarquhiy, Shayxul-Islom Ibn Daqiq Iyd (Imom Zahabiy u kishining oldiga ilm o‘rgangani kelganida, imtihon qilib: «Abu Muhammad Hiloliy kim?» deb so‘ragan, Imom Zahabiy: «Sufyon ibn Uyayna», deb to‘g‘ri javob bergach, Ibn Daqiq Iyd u zotni shogirdlikka qabul qilgan), davrining yetuk hadisshunos olimi Sharafiddin Dimyatiy, Jaloliddin Abu Ma’li Ansoriy kabi olimlardan hadis va fiqh ilmini o‘rgandilar. So‘ng Damashq shahriga qaytib, hadis ilmidan dars berdilar, islom olamida nomlarini mashhur etgan kitoblarini yozdilar. 73 yoshda ko‘z nuridan ayrildilar va ikki yildan so‘ng foniy dunyoni tark etdilar. Uchta farzandi bor edi: qizining ismi Amat Aziz va o‘g‘illari Abdulloh bilan Abu Hurayra Abdurahmon. Abdurahmon keyinchalik hadis ilmi peshvosiga aylanib, Ibn Nasriddin Damashqiy va Ibn Hajar Asqaloniy kabi olimlarga dars berdi, otasidan eshitgan ko‘plab hadislarni rivoyat qildi. Imom Zahabiy 75 yil umr ko‘rdilar, islom olamida hadis ilmining sultoni, qomusiy ilmlarga ega tarixchi, shajarashunos va shayxul islom sifatida nom qozondilar. Kitob muallifi: Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy Tarjimon: Dilmurod Qo‘shoqov Muharrir: Ulug‘bek Mutalov Musahhih: Abdug‘afur Iskandar

Detalhes

Versão4.8
Versão mínima do Android6.0
Comentários0
Site do desenvolvedorapp-ads-txt.com
Disponível emno mundo todo (242)
Contatos do desenvolvedorno plano Business
Dados coletados2026-11-21

Estes dados na API

A ficha completa em JSON custa 1 token.

curl -H "X-API-Key: YOUR_KEY" \
  "https://apkapi.com/api/v1/app?id=yoqubjon.tj.gunohi_kabiralar"