Buscar apps

AT TARTIL – Qur’on va tajvid

uz.attartil.androidkotlin
Education Grátis Everyone Abrir no Google Play
100,000+
instalações · ≈137K
—
0 avaliações
2022-10-07
primeiro lançamento
2026-11-17
última atualização

Descrição

Qur’onni tajvid bilan o‘qing, internetsiz tinglang, yodlang va mustahkamlang

AT TARTIL — Qur’oni karimni tajvid bilan to‘g‘ri o‘qish, qori qiroatini tinglash, yodlash va yodlaganni unutmaslik uchun ilova. Madina mus’hafi, Jahongir qori Ne’matov qiroati (internetsiz ham), hifz, kunlik Qur’on odati va tajvid saboqlari — barchasi bitta ilovada. Ilova nomi «وَرَتِّلِ ٱلْقُرْءَانَ تَرْتِيلًا» — «Qur’onni tartil bilan o‘qing» (Muzzammil surasi, 4-oyat) amridan olingan. Maqsadimiz — Qur’onni shoshilmay, har bir harfning haqqini berib o‘qishingizga ko‘mak berish. MUS’HAF — BOSMA KITOBDAGIDEK • Madina mus’hafining bir necha nashri: Usmoniy xat (15 qator), 1421 h. nashri, tajvid rangli nashr va Digital Khatt • Tajvid ranglari va har bir rang qaysi qoidani bildirishi haqida izoh • Kitob ko‘rinishi yoki «Qur’on matni» — oyatlar yirik yozuvda • Qog‘oz rangi (oq, sepiya, yashil, tungi), yozuv o‘lchami; yotiq ekranda sahifa butun enga yoyiladi • Sahifa, pora yoki oyatga sakrash; arabcha so‘z bo‘yicha oyat izlash; sajda oyatlari belgilangan • «Shu yerda to‘xtadim» — keyingi safar aynan o‘sha oyatdan davom etasiz • Oyatni eslatmalarga saqlash, nusxalash va ulashish QIROAT — INTERNETSIZ HAM • Har bir oyat Jahongir qori Ne’matov ovozida; o‘qilayotgan oyat mus’hafda ajratib ko‘rsatiladi • Bir marta tinglangan oyat telefonda saqlanadi va keyin internetsiz ijro etiladi • Tezlik 0.5× dan 2× gacha, oyatni cheksiz takrorlash, ±15 soniya • Ekran o‘chganda ham davom etadi; Bluetooth, AirPlay va mashina uchun «Mashina rejimi» YODLASH VA MUROJA’A • Takrorlab tinglash: oyatlar oralig‘ini (bir necha sura ham) va necha marta takrorlanishini tanlang — qori o‘qiydi, siz ortidan aytasiz • Muroja’a: yodlagan oyatlaringizni ilova 1, 3, 7, 16 va 35 kun o‘tgach takrorlashga o‘zi chaqiradi • Qori bilan yoki yoddan o‘qish; ustoz rejimida xato o‘qilgan oyat belgilanadi • Xatolar daftari, hifz xaritasi (pora va suralar bo‘yicha) va bosqichlar: Fotihadan butun Qur’ongacha ISTIQOMAT — HAR KUNI QUR’ON BILAN «Allohga eng sevimli amal — oz bo‘lsa ham, doimiy bo‘lganidir» (Buxoriy va Muslim rivoyati). • Kunlik maqsadni o‘zingiz tanlaysiz: tinglash, o‘qish, dars yoki hifz — bajarilganini ilova o‘zi sanaydi • Uzluksiz kunlar, kalendar, uzrli kun, qazo va tanaffus; haftalik rejim • 7, 30, 40, 100 kun va yillik marralar, kunlik eslatma UYQUDAN OLDIN TINGLASH • Mulk, Yosin, Baqara oxiri, Ixlos·Falaq·Nos yoki istalgan sura va pora • Taymer (10–240 daqiqa yoki sura oxirida), oxirida ovoz asta pasayadi, ekran o‘zi qorayadi • Ertasi kuni to‘xtagan joyingizdan davom etasiz TAJVIDNI VA HARFLARNI O‘RGANISH • Tajvid saboqlari: nazariy darslar, ustoz video darslari va testlar • Harflar va maxrajlar: 28 arab harfi talaffuzi va chiqish joyi — Qur’on o‘qishni noldan boshlovchilar uchun • Alif-yo video darslari, 114 suraning video qiroati (30 pora) • «Tezkor savol» — bildirishnomada tajvid savoli va ustozning video izohi TASBEH — BEPUL Namozdan keyingi tasbehlar, zikrlar, salovatlar va o‘z sanoqlaringiz. Internetsiz ishlaydi. QULAYLIKLAR • 12 tilda interfeys: o‘zbek (lotin va kirill), rus, ingliz, arab, turk va boshqalar • Tungi rejim — tajvid ranglari tunda ham aniq • Har bo‘limda «?» — ilova tilidagi qo‘llanma • Telefon va planshetda; Mac va Windows uchun ham bor • O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining 6752-sonli xulosasi asosida tayyorlangan OBUNA — HALOL VA SODDA Yuklab olish bepul. Ro‘yxatdan o‘tganda 7 kun barcha imkoniyatlar ochiq. Tasbeh, video darslar va 30 pora video tilovati obunasiz ham ishlaydi; mus’haf, qiroat, takrorlash, Muroja’a, Istiqomat, Uyqudan oldin tinglash, nazariy darslar va testlar PRO bilan ochiladi. To‘lov ilova ichida — Payme, Click yoki bank kartasi. Obuna avtomatik yechib olinmaydi. PRO hisobingizga bog‘langan va barcha qurilmalaringizda ishlaydi. PRO’ni yaqinlaringizga hadya qilishingiz mumkin. Eslatma: tajvid ranglari qoidani ko‘rishga yordam beradi, ammo ustozdan o‘rganish o‘rnini bosmaydi. Qur’on bilan har kuni oz bo‘lsa ham vaqt o‘tkazing — AT TARTIL bu yo‘lda sizga hamroh bo‘lsin.

Novidades

AT TARTIL 5.1: • Muroja’a: yodlangan suralarni aqlli takrorlash, xatolar daftari • Istiqomat: kunlik Qur’on odati, seriya va marralar • Uyqudan oldin tinglash: taymer, ovoz asta pasayadi • Bir nechta surani ketma-ket takrorlash • Yotiq ekranda mus’haf, «Avto» qog‘oz • Videoda ikki marta bosib ±15 soniya • Har bo‘limda «?» — qo‘llanma • Barqarorlik va xavfsizlik yaxshilandi

Detalhes

Versão5.1.0
Versão mínima do Android7.0
Comentários0
Site do desenvolvedorattartil.uz
Disponível emno mundo todo (191)
Contatos do desenvolvedorno plano Business
Dados coletados2026-11-23

Posições nos rankings

Em 1 rankings de 1 países, melhor posição: 55.

Uzbequistão · free#55 EDUCATION

Estes dados na API

A ficha completa em JSON custa 1 token.

curl -H "X-API-Key: YOUR_KEY" \
  "https://apkapi.com/api/v1/app?id=uz.attartil.androidkotlin"