Descrição
Tana massasi indeksini hisoblang, natijalar va vazn maqsadini kuzating.
TMI Kalkulyatori — tana massasi indeksini (TMI, ingliz tilida BMI) tez va qulay hisoblash uchun ilova. Bo‘y, vazn va yoshni kiriting — natijani rangli o‘lchagichda ko‘rasiz.
Imkoniyatlar:
• TMI ni hisoblash: formula vazn (kg) / bo‘y (m)².
• Natija toifasi: vazn yetishmasligidan semizlikning uch darajasigacha — jami 8 toifa, aniq oraliqlari bilan.
• Bo‘yingizga mos sog‘lom vazn oralig‘i va undan farq.
• Natijalar tarixi: hafta, oy va yil bo‘yicha grafik va ro‘yxat.
• Kunduzgi va tungi rejim.
• Uch tilda: o‘zbekcha (amaldagi lotin, yangi lotin va kirill yozuvida), ruscha va inglizcha.
• Internetsiz ishlaydi, ma’lumotlaringiz faqat qurilmangizda saqlanadi.
Novidades
TMI Kalkulyatorining ilk versiyasi:
• Bo‘y, vazn, yosh va jins asosida tana massasi indeksini hisoblash
• Sog‘lom vazn oralig‘ini ko‘rsatish
• Natijalar tarixi va hafta, oy, yil bo‘yicha grafiklar
• Yorug‘ va tungi mavzular