Ricerca di app

Tezzy: qahva oldindan buyurtma

uz.tezzy.app
1+
installazioni · ≈2
—
0 valutazioni
—
prima pubblicazione
2026-10-22
ultimo aggiornamento

Descrizione

Toshkent qahvaxonalarida qahvani oldindan buyurtma qiling — kelganingizda tayyor

Endi qahva sizni kutadi. Tezzy — Toshkent qahvaxonalarida qahvani oldindan buyurtma qilish va olib ketish ilovasi. Ichimlikni tanlaysiz, qachon yetib borishingizni belgilaysiz — barista qahvani aynan siz kelishingizga tayyorlab qo‘yadi. Tezgohda kodni aytasiz va olib ketasiz: kassada navbat kutmasdan. Qahvani oldindan buyurtma qilish ertalab ishga shoshayotganda, tushlik tanaffusida yoki uchrashuv oldidan qo‘l keladi: qahvangiz issiq, siz esa bir daqiqa ham yo‘qotmaysiz. QAHVAGACHA UCH QADAM • Qahvaxonani tanlang — xaritadan yoki qidiruv orqali. • Ichimlikni o‘zingizga moslang: hajmi, suti, siropi va qo‘shimchalari. • Olib ketish vaqtini belgilang — barista aynan kerakli paytda boshlaydi. Kelasiz, kodni aytasiz — qahva sizniki. MENYUDA NIMALAR BOR Kofe ichimliklari — espresso, amerikano, kapuchino, latte, flat white, raf — hamda matcha, kakao, choy, fresh va detoks ichimliklar: har bir qahvaxonaning o‘z menyusi, narxlari va kaloriyasi (kkal) bilan. NIMA UCHUN TEZZY • Siz qahvani emas, qahva sizni kutadi: u sovimaydi, siz esa kutib qolmaysiz. • Kassada navbat yo‘q — buyurtma to‘g‘ridan-to‘g‘ri baristaga boradi. • Har bir bosqich ilovada ko‘rinadi: qabul qilindi, tayyorlanmoqda, tayyor — va necha daqiqa qolgani. • «Odatdagidek»: sevimli buyurtmangizni saqlang va keyingi safar bir bosishda takrorlang. • Sodiqlik kartasi: har bir buyurtma — bitta belgi, kerakli sonini to‘plasangiz — bitta ichimlik bepul (sodiqlik dasturi bor qahvaxonalarda). • Yaqin qahvaxonalar xaritada, sevimlilari esa doim qo‘l ostida. • Kirish oson: telefon raqami, Telegram yoki Google orqali. • Ilova o‘zbek va rus tillarida. TO‘LOV Hozircha to‘lov naqd — buyurtmani olayotganda. QAHVAXONA EGALARI UCHUN Qahvaxonangizni Tezzyga ulamoqchimisiz? «Tezzy Business» ilovasini yuklab oling va arizani shu yerning o‘zida qoldiring yoki bizga yozing: [email protected] Tezzy Toshkentda ishga tushdi va unga yangi qahvaxonalar ulanmoqda. English: Tezzy lets you pre-order coffee from coffee shops in Tashkent and pick it up without waiting in line. The app is available in Uzbek and Russian.

Novità

• «Odatdagidek» kartasi ilovada yo'q qahvaxona uchun endi ko'rinmaydi. • Ilova qayta o'rnatilganda oldingi ma'lumotlar to'g'ri tozalanadi. • Kichik xatolar tuzatildi.

Dettagli

Versione1.0.4
Versione Android minima8.0
Recensioni0
Sito dello sviluppatoretezzy.uz
Disponibile inUzbekistan
Contatti degli sviluppatorinel piano Business
Raccolti2026-10-31

Questi dati nell'API

La scheda completa in JSON costa 1 token.

curl -H "X-API-Key: YOUR_KEY" \
  "https://apkapi.com/api/v1/app?id=uz.tezzy.app"