Samarqand viloyati adliya boshqarmasining yagona raqamli ilovasi.
Samarqand Adliya — Samarqand viloyatidagi davlat, yuridik va axborot xizmatlaridan qulay foydalanish imkonini beruvchi mobil platforma.
Ilova foydali raqamli xizmatlarni bir joyda jamlaydi. Foydalanuvchilar kerakli ma’lumotlarni tez topishi, tegishli tashkilotlarga murojaat qilishi va elektron davlat xizmatlaridan foydalanishi mumkin.
Ilovaning asosiy imkoniyatlari:
• davlat va elektron xizmatlardan foydalanish;
• qo‘llab-quvvatlanadigan xizmatlarga OneID orqali kirish;
• hududiy adliya organlari haqidagi ma’lumotlarni ko‘rish;
• tashkilotlarni tuman va faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha izlash;
• tashkilot manzillarini ko‘rish va xarita orqali yo‘nalish qurish;
• Telegram orqali bog‘lanish, telefon qilish va elektron murojaat yuborish;
• yuridik maslahat va raqamli huquqiy vositalardan foydalanish;
• moliyaviy va LegalTech vositalaridan foydalanish;
• PDF hujjatlarni ko‘rish va yuklab olish;
• hisob-kitob natijalarini PDF shaklida yaratish va ulashish;
• korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida xabar berish kanallarini ko‘rish;
• kunduzgi va tungi rejimdan foydalanish;
• mobil qurilmalarga mos, qulay va zamonaviy interfeys.
Ayrim funksiyalardan foydalanish uchun internet aloqasi talab etiladi. Elektron xizmatlarning ishlashi va sahifalarning yuklanish tezligi tegishli tashqi axborot tizimlari faoliyatiga bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Samarqand Adliya boshqarmasidan huquqiy ma’lumot olish va raqamli davlat xizmatlaridan foydalanish jarayonini yanada qulay, tez va tushunarli qilish uchun yaratilgan.
Yang baru
“Samarqand Adliya” иловасининг биринчи тест версияси.
• Давлат ва юридик хизматлардан қулай фойдаланиш
• Ташкилотлар ҳақида маълумот олиш ва маршрут қуриш
• Электрон мурожаатлар ва OneID хизматларидан фойдаланиш
• Юридик ва молиявий рақамли воситалар
• Кундузги ва тунги режим
• Илованинг тезлиги ва барқарорлиги яхшиланди
Тест жараёнида аниқланган хатолар ва таклифлар ҳақида хабар беришингизни сўраймиз. ru-RU