Biometrik identifikatsiya, elektron imzo va xavfsiz kirish — bitta ilovada.
RsID — shaxsingizni tasdiqlash, hujjatlarni elektron imzolash va onlayn xizmatlarga xavfsiz kirish uchun mo'ljallangan mobil ilova. Barcha kalitlaringiz va tasdiqlash vositalaringiz bitta joyda saqlanadi.
BIOMETRIK IDENTIFIKATSIYA
Face ID texnologiyasi sizni tez va aniq taniydi. Kontaktsiz identifikatsiya orqali xizmatlardan foydalanish uchun navbatda turish yoki hujjat ko'tarib yurish shart emas. QR KOD ORQALI TASDIQLASH
Kamerani QR kodga qarating va hujjatni imzolang, kalit qo'shing yoki shaxsingizni tasdiqlang. Butun jarayon bir necha soniya davom etadi.
ELEKTRON RAQAMLI IMZO
• E-imzo (.pfx) kalitini qurilmadan tanlab qo'shish
• Kalitni QR kod orqali qo'shish
• Ilova ichida yangi RS-imzo yaratish
• Bir nechta kalitni saqlash va asosiysini tanlash
• Hujjatlarni telefondan turib imzolash