Alkalmazáskeresés

Tarixi Muhammadiy

com.sadirboyprogrammer.tarihimuhammadiy
Books & Reference Ingyenes Hirdetéseket tartalmaz Everyone Megnyitás a Google Playen
10,000+
telepítés · ≈29K
—
0 értékelés
2022-11-09
első megjelenés
2026-10-09
utolsó frissítés

Leírás

Kutib OLing. Bebaho Kitob.

Bilmak kerakkim, har bir musulmon bolasi, xohi er kishi, xohi xotun kishi, xohi yosh, xohi qari, mana shu tubandagi to‘rt narsaning tarixini bilishi albatta lozimdur. I. Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom tarixlari. II. Qur’oni karim tarixi. III. Dini Islom tarixi. IV. Ka’batulloh tarixi. Shuning uchun, men faqir — Alixonto‘ra Shokirxonto‘ra o‘g‘li Sog‘uniydurmankim, bizlardin keyingi avlod nasllarimizga va ham boshqa turkiy tillik vatandosh, din qarindoshlarimizga mendan yodgor bo‘lsin deb yuqoridagi to‘rt narsa tarixini har qandoq kishi tushungudek qilib, ochiq turkiy tilida yozdim. Bu kitobga «Tarixi Muhammadiy» deb ot qo‘ydim. Buni o‘qiguvchilar faqirni duolarida yod qilib qo‘yishlarini umid qilurman. BUYUK USTOZ HAQIDA SO‘Z «Tarixi Muhammadiy» muallifi Alixonto‘ra Sog‘uniyni asrimizning ko‘plab ulamoi fozillari o‘zlarining buyuk ustozlari deb biladilar. Zero, ul zoti bobarakotning serfayz va ta’sirchan suhbatlaridan bir lahza bahramand bo‘lgan har bir tolibi sodiq yillar davomida o‘zga ustozlardan olgan saboqlari yoki yuzlab mutolaa qilgan kitoblardan olgan ma’lumotlaridan ham ziyodroq istifoda etar edi, desam mubolag‘a bo‘lmas. Kamina esa bir lahza emas, Tangriga behad shukrlar aytamankim, ul ustozi kullning darsgo‘ylik davralarida va fayzli suhbatlarida ko‘p bo‘lganman va ko‘pdan-ko‘p ilmiy ishtibohlarimni so‘rab o‘ta qoniqarli javoblar olganman. Hamon esimda, 1971 yili Marg‘ilon shahriga borganlarida bir ilmiy suhbatda hozirlarning ko‘pchiligi tolibi ilmlar ekanini nazarda tutib, ahli majlisga Qur’oni karimdan Val-asr surasini tafsir qilib bergan edilar. Sura eng qisqa suralardan bo‘lib, atigi uch oyat — ikki satr bo‘lishiga qaramay ustoz roppa-rosa ikki soat tahlil etib, oyatlarning har bir kalima, hatto harfi zimnidagi hikmati va nuqtalarini shunchalik hakimona sharxlar edilarki, diqqat bilan some’ bo‘lib turgan ulamo va toliblar boshlariga qush qo‘ngandek sukut saqlagan holda vujudlari quloq bo‘lib, har bir so‘zlarini uqib olishga va mag‘zini chaqishga harakat qilar edilar. Darhaqiqat, ustoz ilmu hikmatning bir-ikki sohasida emas, balki ilmi qiroat, tafsir, hadis, fiqh, nahv, balog‘at, mantiq, tib, tarix, siyrat, jug‘rofiya, nazmu nasr va boshqa fanlar bo‘yicha ham yetuk mutaxassis edilar. Endi ushbu siyrati nabaviyya faniga mansub «Tarixi Muhammadiy» asari xususida ham biroz to‘xtalib o‘tishga to‘g‘ri keladi. Islom tarixi va janob payg‘ambarimiz Muhammad alayhis-salotu vas-salomning hayotlari va faoliyatlari to‘g‘risida hozirgacha arab, fors, turk va boshqa sharq va g‘arb tillarida juda ko‘plab asarlar yozilgan. Lekin Alixonto‘ra Sog‘uniyning ushbu asari ularning xulosasi bo‘lishi bilan birga, ma’lumotlarining ishonchli manbalardan olinganligi, har bir tarixiy voqea bayonidan keyin muallifning unga nisbatan o‘z fikr-mulohazalarini ibratli ravishda izhor etganlari va asarga imkoni boricha badiiylik kiritib har qanday kitobxonni o‘ziga rom etishi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Mening fikrimcha, asarni bir marta o‘qib chiqishning o‘zi kifoya qilmaydi, balki shu muhim manbaga tez-tez murojaat qilib turish kerak. Tabiiyki, har safar yangi-yangi tushunchalar kashf etilib, kitobxonda o‘zgacha taassurotlar hosil bo‘ladi. Bu faqat kaminaning fikri emas. Asarni mutolaa qilib chiqqan ko‘pdan-ko‘p do‘stlarimiz ham ushbu gapni takrorlab turadilar. Ayniqsa, imom-xatiblar, ulamoi kiromlar va tolibi ilmlarning har birlarida ushbu noyob asardan bo‘lishini tavsiya etardim. Zero, hozirgi kunimizda Islom tarixi bo‘yicha o‘z ona tilimizda batafsil yozilgan bundan o‘zga asar yo‘q. Bundan tashqari bu fanga doir har qanday kitob uning o‘rnini bosa olmaydi. Xullas, «Tarixiy Muhammadiy» kitobini har qancha ta’rif va tavsif qilinsa, kamlik qiladi. Yaxshisi, asarning o‘zini qunt bilan mutolaa qilib, uning serqirrali ma’lumotlaridan, fayzu futuhli mazmunlaridan bahramand bo‘lgan kitobxongina bunday ta’riflarda mubolag‘a yo‘q ekaniga to‘la ishonch hosil qiladi.

Részletek

Verzió1.1.10
Minimális Android-verzió7.0
Vélemények0
Fejlesztő weboldalagithub.io
Elérhető ezekben az országokbanvilágszerte (242)
Fejlesztői elérhetőségeka Business csomagban
Az adatok gyűjtve2026-11-10

Ezek az adatok az API-ban

A teljes adatlap JSON-ban 1 tokenbe kerül.

curl -H "X-API-Key: YOUR_KEY" \
  "https://apkapi.com/api/v1/app?id=com.sadirboyprogrammer.tarihimuhammadiy"