Shaxsiy kundalik: kayfiyat, teglar, kalendar va parol bilan himoya.
Kundalik: kun davomidagi fikr, voqea va kayfiyatingizni yozib boradigan shaxsiy daftar. Yozuvlaringiz faqat telefoningizda saqlanadi, ro'yxatdan o'tish shart emas.
📖 Yozuvlar
• Sana, kayfiyat (5 daraja), sarlavha, matn va teglar bilan yozuv qo'shing
• Sevimli yozuvlarni yulduzcha bilan belgilang
• Yozilgan so'zlar sonini yozayotganda ko'rib turing
• Yozuvni istalgan vaqt tahrirlang yoki o'chiring
💡 Kunlik savol
Nimadan boshlashni bilmayapsizmi? Bosh sahifada har kuni yangi savol chiqadi, masalan: «Bugun nimadan minnatdorsan?». Bosing va javobingizni yozing.
📊 Statistika va kalendar
• Ketma-ket yozilgan kunlar seriyasi
• Jami yozuvlar, yozilgan so'zlar, shu oydagi yozuvlar soni
• Oxirgi 7 kunlik kayfiyat grafigi
• Oylik kalendar: yozilgan kunlar nuqta bilan belgilanadi, kunga bosib yozuvlarni ko'rasiz
🔍 Qidiruv va filtrlar
Sarlavha, matn yoki teg bo'yicha qidiring; faqat sevimlilarni yoki ma'lum kayfiyatdagi yozuvlarni ko'rsating.
🔒 Parol bilan himoya
• 4 xonali parol (PIN) bilan ilovani qulflang
• Avto-qulf: darhol, 30 soniya, 1 yoki 5 daqiqadan keyin
• Besh marta noto'g'ri kiritilsa, 30 soniya kutish
• Skrinshotdan himoya (ixtiyoriy)
💾 Zaxira va eksport
• Barcha yozuvlarni zaxira faylga saqlang va keyin tiklang
• Yozuvlarni matn faylga eksport qiling
⚙️ Qo'shimcha
• Qorong'i rejim
• O'zbek (lotin va kirill) hamda ingliz tillari
• Hisob ochish shart emas
Muhim: parolni unutsangiz, uni tiklab bo'lmaydi, ilova ma'lumotlarini tozalash yozuvlarni ham o'chiradi, shuning uchun zaxira nusxa saqlab qo'ying. Zaxira va eksport fayllari shifrlanmaydi, ularni ishonchli joyda saqlang.
Újdonságok
The app has been completely redesigned.
• A private diary with an optional PIN lock
• Date, mood, tags and favourite entries
• Daily prompts, streaks and a 7-day mood chart
• Monthly calendar, search and filters
• Backup and text export
• New design and icon, dark mode