Recherche d'applications

AvtoPrava24: Test va Avtodrom

uz.avtoprava24
Education Gratuite Everyone 10+ Ouvrir sur Google Play
10,000+
installations · ≈17K
—
0 notes
2026-11-18
première sortie
2026-11-19
dernière mise à jour

Description

Avto test, prava test, YHQ biletlari va hayotdagidek avtodrom maydoni

AvtoPrava24 bilan O‘zbekistonda avto prava (haydovchilik guvohnomasi) imtihoniga tayyorlaning: avto test, prava test, YHQ biletlari, ekspress-kurs va 3D-avtodrom. Qoidalarni o‘rganing, savollarni yeching va 3D-avtodromdagi mashqlarni o‘zingizga qulay sur’atda bajaring. QOIDALARNI TUSHUNIB O‘RGANING Yo‘l harakati qoidalarini 42 ta mavzu bo‘yicha o‘rganing va biletlarni yeching. Izohlar javobni tushunishga, qoidalarga havolalar esa murakkab yo‘l vaziyatlarini anglashga yordam beradi. Kerakli yo‘l belgisi yoki qoida matnini ilovaning o‘zidan toping. IMTIHONGA TAYYORLANING «Haqiqiy imtihon» rejimida bilimingizni sinang: 20 ta savol va 25 daqiqa. Xatolarni qayta ishlang, qiyin savollarni xatcho‘plarga saqlang, raqamli va chalg‘ituvchi savollar ustida mashq qiling. Bu mashq rejimi bo‘lib, rasmiy imtihon emas. AVTODROMDA MASHQ QILING 3D o‘quv maydonchasida estakada, iloniz, boksga kirish va boshqa mashqlarni sinab ko‘ring. Imtihondagi 12 mashqning istalganini alohida ishlang yoki butun marshrutni boshidan oxirigacha o‘ting. Qulay kamera ko‘rinishini tanlang, jarima ballarini kuzating va mashq tugagach, qoidabuzarliklarni ko‘rib chiqing. BIRGA TAYYORLANING Do‘stlaringiz yoki tasodifiy raqib bilan Battle o‘ynang. Reytingda ochkolar, imtihon, Battle va haydash natijalarini solishtiring va o‘z yutuqlaringizni kuzating. ISTALGAN QURILMADA DAVOM ETTIRING Bitta akkaunt ilova, sayt va Telegram-botni birlashtiradi. Natijalar va xatcho‘plar sinxronlanadi, yuklab olingan o‘quv materiallari va avtodrom esa internetsiz ham ishlaydi. Interfeys o‘zbek va rus tillarida mavjud. AvtoPrava24 davlat ilovasi emas va davlat idoralari bilan bog‘liq emas.

Nouveautés

Yangi: • «Haydovchilik guvohnomasini olish»: ariza — suhbat tarzida, javoblar tugmalar bilan • Savolni qidiruvdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri «Saqlanganlar»ga qo‘shish • Battle: hozir nechta odam tarmoqda ekani ko‘rinadi Yaxshilandi: • Avtodrom: svetoforlar tasodifiy, imtihon 100 jarima ballida tugaydi • Avtodrom kuchsiz telefonlarda barqarorroq • Yo‘l harakati qoidalari: atamalar ajratilgan, belgilar matnda • Reyting: o‘z o‘rningiz darhol ko‘rinadi

Détails

Version1.2.51
Version Android minimale7.0
Avis0
Site du développeuravtoprava24.uz
Disponible dansOuzbékistan
Coordonnées du développeurdans l'offre Business
Données collectées2026-11-23

Positions dans les classements

Dans 2 classements de 2 pays, meilleure place : 20.

Ouzbékistan · free#20 EDUCATION
Kirghizstan · free#90 EDUCATION

Ces données dans l'API

La fiche complète en JSON coûte 1 jeton.

curl -H "X-API-Key: YOUR_KEY" \
  "https://apkapi.com/api/v1/app?id=uz.avtoprava24"