Recherche d'applications

Bolalar uchun 365ta tarbiyaviy

com.mobildastur.bolalar_uchun_hikoyalar
100,000+
installations · ≈151K
—
0 notes
2020-09-16
première sortie
2025-10-26
dernière mise à jour

Description

Har kuniga bolas from bitta uchun tarbiyaviy hikoyas: Yil davomida o'qiladi

Ushbu kitobda ulug‘ olimlar hayoti, hikmatli so‘zlari, ularning ilm yo‘lidagi mashaqqatlari haqida so‘z yuritilgan. Bundan tashqari, boshqa xalqlar va jahon tarixida purma’no so‘zlari bilan tanilgan mashhur daholar so‘zlari, ularning hayotida sodir bo‘lgan ibratli voqealar, rivoyatlar, hikmatli latifalar, masallar va boshqalar jamlangan. Yana hozirgi kunimizda sodir bo‘ladigan zamonaviy voqealar ham kitobdan o‘rin olgan. Sharq xalqlarida “Kalila va Dimna”, “Qobusnoma” kabi asarlar bir necha asrlardan beri tarbiya kitobi sifatida o‘qib kelinadi. Yoki Arastu, Suqrot kabi yunon faylasuflarining so‘zlari, Ezop masallari ham yoshlarga, balki kattalarga tarbiya berish, yaxshi xulqlarni shakllantirishda juda katta ahamiyat kasb etadi. Jaloliddin Rumiyning “Masnaviy”, Fariduddin Attorning “Mantiqut tayr”, Alisher Navoiyning “Hayratul abror”, Husayn Voiz Koshifiyning “Futuvvatnomai sultoniy” kabi asarlarining bosh g‘oyasi ham – tarbiya va odob-axloq. Kitobning uslubi hozirgi kungacha ushbu mavzuda yozilgan asarlardan farq qiladi. Bugungacha yozilgan asarlar mavzulashtirilgan bo‘lib, ularda ham hikoya, masal va ibratli voqealar berilgan. Lekin qo‘lingizdagi kitob yil davomida o‘qilishi uchun unda 365 ta tarbiyaviy hikoya, masal va boshqalarni jamladik. Hikoyalar mavzusi ham turli xil. Bu o‘quvchida zerikishni keltirib chiqarmaydi. Har bir hikoya oxirida qissadan hissa tarzida qisqagina saboqlar berilgan. Ular hikoyani yana ham yaxshiroq tushunishga imkon beradi. Kitob mavzulari halollik, kattalar, ota-ona, ustoz, qo‘shnilarga hurmat, sabr, saxiylik, mardlik, vatanparvarlikka targ‘ib qilsa, dangasalik, hasad, chaqimchilik, yolg‘on, kibr, o‘g‘irlik, noshukrlik, dushmanlik, tamagirlik, baxillik, o‘ylamay gapirish, sabrsizlik, xiyonat kabi illatlardan qaytaradi. Hikoya qahramonlari misolida ko‘pchilikning xatosi ko‘rsatilib, ularni to‘g‘rilash, yomon xulqlardan qutulish yo‘llari ham keltirilgan. Maqsadimiz farzandlarimiz ilmli, odobli, birovlarning qo‘liga qarab qolmaydigan, mehnatkash va jasur bo‘lib voyaga yetsin. Kitob avvalo keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan. Aziz bobo va buvijonlar! Sizlardan iltimosimiz shuki, vaqtingiz bo‘lganda nabiralaringizga ushbu kitobni o‘qib, ulardan chiqariladigan xulosa, qissadan hissa va olinadigan saboqlarni hayot tajribangiz asosida kengroq tushuntirib, sharhlab bering. Aziz ota-onalar! Sizlarga ham iltimos qilamiz. Vaqt topib kitobni farzandlaringizga o‘qib bering. Kechki ovqatdan so‘ng yoki uyquga yotishdan oldin 5-10 daqiqa vaqtingizni ayamang. Farzandlaringizga bitta hikoya bo‘lsa ham o‘qib bering. Ularning yurish-turishi, gap-so‘zlari, tarbiyasida o‘zgarishni sezasiz. O‘zingiz vaqt topa olmasangiz, kitobni farzandingiz qo‘liga berib, hech bo‘lmasa bitta hikoya o‘qib keyin uyquga yotishlarini ayting. Albatta, bu foydadan xoli bo‘lmaydi.

Nouveautés

Bolalar uchun 365ta tarbiyaviy hikoya Har bir kun uchun aloxida hikoya Chiroyli interfeys Internetsiz ishlaydi Google target SKD to 35

Détails

Version1.3.5
Version Android minimale5.0
Avis0
Disponible dansdans le monde entier (242)
Coordonnées du développeurdans l'offre Business
Données collectées2026-11-23

Positions dans les classements

Dans 1 classements de 1 pays, meilleure place : 85.

Ouzbékistan · free#85 BOOKS_AND_REFERENCE

Ces données dans l'API

La fiche complète en JSON coûte 1 jeton.

curl -H "X-API-Key: YOUR_KEY" \
  "https://apkapi.com/api/v1/app?id=com.mobildastur.bolalar_uchun_hikoyalar"