Qur'andan Kichik Mayda Suralar - O‘zbekcha o‘qish va tarjimasi, Arabcha talaffuz.
Namoz uchun muhim suralarni internet bo‘lmasa ham o‘qing, audio orqali tinglang va takrorlab yodlang. Arabcha matn, lotin yozuvidagi o‘zbekcha o‘qilishi va ma’nolar tarjimasi bir joyda. Ilovada Fotiha, Yosin, Mulk va boshqa 33 ta sura jamlangan.
Qurʼon (arab. القرآن oʻqimoq, qiroat qilmoq) — musulmonlarning asosiy muqaddas kitobi. Har sura oyatlarga boʻlingan. Qurʼon 114 sura, 6236 oyatdan iborat. Ushbu islomiy ilovada namoz va kundalik tilovat uchun tanlangan 33 surani o‘rganish, arabcha talaffuzni tinglash va oyatlar ma’nosi bilan tanishish mumkin.
🎧 Oflayn audio va so‘zma-so‘z kuzatish
- Ilovaga kiritilgan 33 suraning matni va audiosi internet talab qilmaydi.
- Tilovatni tinglayotganda o‘qilayotgan so‘zlarni kuzating — karaoke rejimi matnni ovoz bilan birga yoritadi.
- Oyatlarni qayta tinglang, audio tezligi va takrorlash sonini o‘zingizga moslang.
- O‘qilayotgan oyat avtomatik ravishda ekranga olib kelinadi.
📖 O‘zbekcha o‘qish, tarjima va yodlash
Avval nimani o‘rganishni tanlang: suraning o‘qilishi, o‘zbekcha ma’nosi yoki arabcha matni. O‘qilishi lotin yozuvida beriladi.
7 xil mashq usuli bilan bosqichma-bosqich o‘rganing: tinglab takrorlash, yoddan eslash, bo‘sh joyni to‘ldirish, xira matnni ochish, davomini topish, oyatlarni tartiblash va ma’nosiga mos matnni tanlash. Qisqa mashqlar namozni yangi boshlayotganlar va qisqa suralarni takrorlamoqchi bo‘lganlar uchun qulay.
🎨 Rangli tajvid va suralar haqida ma’lumot
- Alohida tajvid sahifasida arabcha matnni rangli belgilar bilan o‘qing. 8 rang guruhi va qoidalar izohlari bilan tanishing.
- Har bir suraning mavzusi, nomi, fazilatlariga oid ma’lumotlar va manbalarni o‘qing.
- Sura haqidagi asosiy ma’lumotlarni infografikada ko‘ring.
- Matn o‘lchamini moslang va diqqatni bitta oyatga jamlash uchun fokus rejimidan foydalaning.
🧠 Qur’on haqida kunlik savol-javob
600 savollik bazadan har kuni 3 ta savol: oson, o‘rta va qiyin. Har savolga 30 soniya beriladi. Javobdan so‘ng izoh va manbani ko‘ring. Ballar, javoblar aniqligi, ketma-ket kunlar, tarix va xatolaringizni shaxsiy statistikada kuzating. Ketma-ket 3-, 5- va 7-kun sinovlarini yakunlash uchun qo‘shimcha ball beriladi.
📿 Zikrmatik va qo‘shimcha tinglash
Elektron zikrmatik bilan kundalik zikrlaringizni sanang. Onlayn bo‘limda qorilar ijrosidagi Qur’on MP3 audiolarini tinglang.
🌙 Muborak oylar va kunlar uchun
Rajab, Sha’bon va Ramazon oylari, taroveh namozlari, har Juma kuni (Kahf va Juma suralari), Qadr kechasi, Rag‘oib, Me’roj va Baroat kechalari hamda Qurbon va Ramazon hayiti kunlarida o‘qish va yodlash uchun qulay.
Ilovadagi suralar:
Fotiha, Kahf, Luqmon, Sajda, Yosin (Yasin), Fath, Ar-Rahmon, Voqea, Juma, Mulk (Taborak), Muzzammil, Naba, G‘oshiya, Zuho, Inshiroh (Sharh), Tiyn, Qadr, Zilzila, Odiyat, Qoria, Takosur, Asr, Humaza, Fil, Quraysh, Mo‘un, Kavsar, Kofirun, Nasr, Masad, Ixlos, Falaq va Nos (Nas).
Namoz uchun muhim suralar matn o‘qish va mp3 tinglash oflayn rejimda ishlaydi. Kundalik tilovat va yodlaganlaringizni takrorlash uchun qulay Islom ilovasi.
Internet haqida: suralarni o‘qish, mahalliy audio, o‘rganish mashqlari, tajvid va suralar haqidagi ma’lumotlar oflayn ishlaydi. Kunlik sinov va onlayn Qur’on audiosi uchun internet kerak. Yangi sinov har kuni Toshkent vaqti bilan 00:00 da ochiladi. Shaxsiy quiz natijalari qurilmangizda saqlanadi.
Nouveautés
1.3.3
🔤 So‘zma-so‘z tarjima va (karaoke) kuzatish
📶 Barcha suralar to‘liq offline ishlaydi
🎧 Mashhur qarilardan onlayn Qur’on tinglash
📖 Tajvid bilan o‘qish qoidasi qo‘shildi
📚 Suraning mavzusi, fazilati va haqida bo‘limlari ochildi
📊 Suralar statistikasi va 🧠 Kunlik Quiz
🎯 4 xil rejimda sura o‘rganish imkoniyati
1.2.2
📿 Zikrmatik funksiyasi qo‘shildi
⚡ Foydalanish yanada osonlashtirildi