App-Suche

Xavfsiz talaba

uz.uzinfocom.student
Tools Kostenlos Everyone

Diese App ist am 2026-11-11 aus Google Play verschwunden. Unten stehen die zuletzt gespeicherten Daten.

50,000+
Installationen · ≈73K
—
0 Bewertungen
2026-09-23
erste Veröffentlichung
2026-09-30
letzte Aktualisierung

Beschreibung

Talaba ma'lumotlari, elektron karta, SOS, arizalar va avtobuslar bitta ilovada

Xavfsiz talaba — oliy ta'lim muassasalari talabalari uchun mobil ilova. O'qish, turar joy va xavfsizlikka oid barcha asosiy ma'lumotlar hamda xizmatlar bitta ilovada jamlangan. Ilovaga OneID orqali kirasiz. Ro'yxatdan o'tish yoki ma'lumotlarni qo'lda to'ldirish shart emas: talaba sifatidagi ma'lumotlaringiz OneID orqali avtomatik yuklanadi. ELEKTRON KARTA VA QR KOD Elektron talaba kartangiz doim telefoningizda. Turniketdan o'tish uchun ilovadagi QR kodni skanerlash kifoya. Asosiy ekranda so'nggi kirish vaqtingiz ham ko'rsatiladi. SOS — FAVQULODDA YORDAM Xavfli vaziyatga tushib qolsangiz, SOS tugmasini bosing. Joylashuvingiz darhol xavfsizlik xizmatiga yuboriladi. Tasodifiy bosilishning oldini olish uchun signal yuborishdan oldin tasdiqlash so'raladi. MENING MA'LUMOTLARIM Barcha ma'lumotlaringiz tartibli bo'limlarda: - Shaxsiy ma'lumotlar: F.I.Sh., tug'ilgan sana, JSHSHIR, pasport ma'lumotlari - O'qish ma'lumotlari: OTM, fakultet, yo'nalish, kurs va guruh, ta'lim shakli, talaba ID va GPA - Darslar bo'yicha ma'lumot va davomat - Amaliyot ma'lumoti: tashkilot, amaliyot turi, muddatlari va amaliyot uchun javobgar shaxs - Huquqiy holat va intizomiy holat - Aloqa ma'lumotlari: telefon raqamingizni ilovaning o'zida yangilashingiz mumkin TURAR JOY Yotoqxonada yashasangiz, yotoqxona nomi, manzili, xona, o'rindiq, blok va qavat, shartnoma hamda yotoqxonaga kirish me'yori ko'rsatiladi. Ijarada yoki o'z uyingizda yashasangiz, kadastr raqamini kiritib turar joy ma'lumotini qo'shishingiz mumkin. ARIZALAR Muammo, taklif yoki murojaatingizni to'g'ridan-to'g'ri ilovadan yuboring: - Yo'nalish va tashkilotni tanlang - Muammoni batafsil yozing - Rasm, video yoki hujjat biriktiring "Arizalarim" bo'limida har bir arizaning holatini, kiruvchi raqamini va yuborilgan sanasini kuzatib borasiz. Holat o'zgarganda bildirishnoma olasiz. TRANSPORT XARITASI Universitet avtobuslari qayerda ekanini xaritada jonli kuzating. Yo'nalishlar, bekatlar, avtobus tezligi, yo'lovchilar soni va avtobusning bekatga taxminiy yetib kelish vaqtini ko'ring. Yaqin bekatlarni topish uchun joylashuvingizdan foydalanish mumkin. BILDIRISHNOMALAR Arizalaringiz holati va siz uchun muhim xabarlar haqida push-bildirishnomalar olasiz. Barcha xabarlar ilovadagi bildirishnomalar bo'limida saqlanadi. QULAYLIKLAR - O'zbek, rus va ingliz tillari - Kunduzgi, tungi va tizim bo'yicha mavzu - Profil rasmini kamera yoki galereyadan o'rnatish MAXFIYLIK Ma'lumotlaringiz shifrlangan aloqa kanali orqali uzatiladi. Joylashuv faqat SOS signali yuborilganda va transport xaritasi ochilganda ishlatiladi. Muhim: ilova faqat oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan. Agar OneID orqali kirganingizda talaba sifatida aniqlanmasangiz, ma'lumotlar ko'rsatilmaydi.

Details

Version1.0.1
Mindestversion Android8.0
Rezensionen0
Verfügbar inweltweit (242)
Entwicklerkontakteim Business-Tarif
Erfasst2026-11-10

Diese Daten in der API

Der vollständige Eintrag als JSON kostet 1 Token.

curl -H "X-API-Key: YOUR_KEY" \
  "https://apkapi.com/api/v1/app?id=uz.uzinfocom.student"