Darslar, uyga vazifalar, davomat va reyting — bitta qulay ilovada!
EduAPP — zamonaviy o'quv markazlari, repetitorlik kurslari, o'qituvchilar va o'quvchilar uchun qulay ta'lim platformasi.
Ilova orqali butun o'quv jarayonini — darslar jadvalini kuzatishdan tortib, uyga vazifalarni topshirish, davomatni nazorat qilish va umumiy reytingda yetakchilik qilishgacha bo'lgan barcha bosqichlarni oson va qulay boshqaring!
📱 O'QUVCHILAR UCHUN IMKONIYATLAR:
• Darslar jadvali: Haftalik dars kunlari, vaqti va xonalarni doimiy kuzatib borish.
• Topshiriqlar va uyga vazifalar: O'qituvchi bergan vazifalarni ilovada ko'rish, yechimlar va daftardagi ishlarni rasm yoki fayl ko'rinishida topshirish.
• Baholar va o'qituvchi izohlari: Tekshirilgan topshiriqlar bo'yicha ballar va o'qituvchi fikrlari bilan tanishish.
• O'quvchilar reytingi: Guruhdagi va markazdagi o'quvchilar orasida to'plangan ballar bo'yicha haftalik, oylik va umumiy peshqadamlar jadvali.
• Davomat nazorati: Darslarga qatnashish tarixi va qoldirilgan darslar hisobi.
• Kassa va to'lovlar: O'qish to'lovlari, joriy balans va qilingan to'lovlar tarixini shaffof ko'rish.
• QR-pass: O'quv markaziga tezkor kirish uchun shaxsiy raqamli QR ruxsatnoma.
👨🏫 O'QITUVCHILAR (MENTORLAR) UCHUN IMKONIYATLAR:
• Guruhlar nazorati: Biriktirilgan guruhlar, o'quvchilar ro'yxati va ularning ma'lumotlari.
• Tezkor davomat olish: Darsda qatnashgan va qatnashmagan o'quvchilarni bir necha soniyada belgilash.
• Topshiriqlar yaratish va tekshirish: Yangi vazifalar e'lon qilish, fayllar biriktirish, o'quvchilar topshirgan ishlarni tekshirish va baholash.
• Guruhlar bo'yicha reyting: Har bir guruh yoki barcha guruhlar bo'yicha o'quvchilar natijalarini saralash.
• To'lovlar va hisob: O'tilgan darslar va hisoblangan oylik maoshlar shaffofligi.
✨ ILOVANING ASOSIY AVZALLIKLARI:
• Tungi mavzu (Dark mode): Ko'zni toliqtirmaydigan chiroyli tungi rejim.
• Ko'p tillilik: O'zbekcha va Ruscha tillarda to'liq ishlash imkoniyati.
• Tezkor bildirishnomalar (Push notifications): Yangi topshiriqlar, muddatlar va baholardan darhol xabardor bo'lish.
• Xavfsiz va ishonchli: Har bir o'quv markazi ma'lumotlari xavfsiz himoyalangan.
EduAPP bilan ta'lim jarayonini yangi darajaga olib chiqing!