App-Suche

Qalb Kitobi

com.sadirboyprogrammer.qalbkitobi
Books & Reference Kostenlos Enthält Werbung Everyone In Google Play öffnen
50,000+
Installationen · ≈51K
—
0 Bewertungen
2022-11-02
erste Veröffentlichung
2026-10-09
letzte Aktualisierung

Beschreibung

Kutib OLing. Yangi Kitob.

Bismillahir rohmanir rohim. Allohga hamd bo‘lsin. U shundayin Zotki, Uning ulug‘ligini idrok qilish oldida qalblar va aql-idroklar hayratda bo‘ladi hamda Uning yorqin nurlarining avvalgi bosqichidanoq butun zamon hodisotlari va nigohlar dahshatga tushadi. U shundayin Zotki, sirlar berkitilgan joylardan xabardor va qalb ichiga yashirilgan narsalarni biluvchi hamda O’zining mulklari doirasida maslahatlashishdan va fikr almashishdan behojatdir. U qalblarni o‘zgartiruvchi, gunohlarni kechuvchi, ayblarni berkituvchi va qayg‘ularni aritib yuboruvchi Zotdir. Rasullar sayyidi, din shomilligining jamlovchisi va mulhidlar ortini kesuvchi Payg‘ambarga hamda u zotning toyyib va tohir oli-ashobiga ko‘plab salovot va salomlar bo‘lsin. Amma ba’d, insonning ulug‘ligi va fazilati shunday narsaki, u ana shu bilan Alloh tomonidan yaratilgan maxluqlar jumlasidan bo‘lgani holda Alloh subhanahu va taoloning ma’rifati uchun tayyorgarligi bilan yuksaldi. Allohning ma’rifati dunyoda insonning chiroyi, kamoli va faxridir, oxiratda esa tayyorgarligi va zaxirasidir. Albatta inson ma’rifat uchun biron a’zosi bilan emas, qalbi bilan tayyorgarlik ko‘radi. Qalb Allohni biluvchi, Allohga yaqinlashuvchi, Alloh uchun amal qiluvchidir. Allohga sa’y qiluvchi ham, Uning huzuridagi narsalarni va o‘zining oldidagi narsalarni kashf etuvchi ham qalbdir. Albatta boshqa a’zolar ergashuvchi, xizmatkor va xizmat asboblari, xolos. Go‘yo xoja qulini, boshliq qo‘l ostidagilarni va hunarmandlar asboblarini ishlatganlaridek, qalb boshqa a’zolarni ishga soladi. Allohning huzurida qabul qilinadigan narsa qalbdir. Agar u Allohdan boshqaga topshirilgan bo‘lsa, Allohdan boshqa narsalarga g‘arq bo‘lsa, bu holda u Allohdan to‘sib qo‘yilgandir. Talab qilinadigan ham, xitob qilinadigan ham, itob qilinadigan ham qalbdir. Agar u pokiza tutilsa, Allohga qurbat hosil qilish baxtiga erishib, natijada najot topiladigan va agar uni gunohlarga belab, iflos qilinsa, umidlar puchga chiqib badbaxt bo‘linadigan narsa ham qalbdir. Haqiqatan qalb Alloh taologa itoat qiluvchidir. Ibodat ta’siridan butun a’zolarga qalbning nurlari tarqaladi. Alloh taologa osiylik, itoatsizlik qiladigan ham qalbdir. Albatta a’zolarga xunuk ishlarning singishi uning ta’siridandir. Qalbning qorong‘ulik bilan ko‘rinishining xunukligi va yorug‘lik bilan ko‘rinishining chiroyi zohir bo‘ladi, zero har bir idish ichidagi borini to‘kadi.

Details

Version1.1.14
Mindestversion Android7.0
Rezensionen0
Website des Entwicklersgithub.io
Verfügbar inweltweit (242)
Entwicklerkontakteim Business-Tarif
Erfasst2026-11-10

Diese Daten in der API

Der vollständige Eintrag als JSON kostet 1 Token.

curl -H "X-API-Key: YOUR_KEY" \
  "https://apkapi.com/api/v1/app?id=com.sadirboyprogrammer.qalbkitobi"